Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Radosav Aleksich: “O‘zbekiston menda iliq taasuroot qoldirdi”

Radosav Aleksich: “O‘zbekiston menda iliq taasuroot qoldirdi”

Baho:
+ | -

2019 yilgi imavsumda “Andijon” jamoasida o‘ynagan serbiyalik himoyachi Radosav Aleksich o‘z yurtidagi mahalliy jurnalistga intervyu berdi.

- Men ilk bora o‘z uyimdan yiroq o‘ynashga va til borasida umuman begona davlatda o‘ynadim. Men jamoada serb millatiga mansub yagona futbolchi edim va til borasida biroz muammolarga duch keldim.SHunga qaramasdan, O‘zbekistonda iliq  taasurootlarga ega bo‘ldim.Avvaliga menga ishonch bildirishmadi va ko‘plab uchrashuvlarda maydonga tushmadim. Lekin keyinchalik murabbiy almashganidan so‘ng, yangi kelgan murabbiy menga ishonch bildira boshladi va hammasi o‘z joyiga tushdi va asosiy tarkibda muntazam ishtirok etib keldim. Jamoaning asosiy maqsadi Superligada jon saqlab qolish edi va biz yakunda buni uddalay oldik, shu sababli, bu mavsumni men odamli o‘tdi desa bo‘ladi, - dedi “Oslobodjenye” nashriga bergan intervyusida.

- O‘zbek futboli va saviyasi haqida aytadigan bo‘lsam, u yerdagi sharoitlar a’lo darajada. Stadionlari, maydonlari ajoyib. Superliganing saviyasi bizning Premyer-liganikidek. Mamlakatda «Paxtakor» va «Lokomotiv» kabi grand jamoalar bor, qolgan jamoalarning saviyalari deyarli bir xil. Stadionga tashrif buyuradigan muxlislar soni ham ko‘p, ayrim stadionlardagi muhit shunchaki super. Men o‘ynagan jamoaning har bir uy uchrashuvida kamida 7000-8000 nafar muxlis tashrif buyurardi.

- “Andijon” jamoasi bilan tuzilgan shartnomam o‘z yakuniga yetdi va erkin agentga aylandim. Men “Andijon” jamoasida o‘ynab yurgan paytlarimda mahalliy klublarning bir nechtasidan takliflar bo‘lgandi, lekin ular bilan mavsumdan keyin gaplashishimizni, “Andijon” jamoasi bilan shartnomam borligi haqida aytgan edim. Men xorijda yana bir yoki ikki yil o‘ynamoqchi edim. Agar yaxshi takliflar bo‘ladigan bo‘lsa, u holda O‘zbekistonga qaytishim mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Radosav Aleksich “Andijon” jamoasiga qadar “Slaviya”, “Zrinsk”, “Travnika”, “Krupi”va“Radnik”(Bosniyava Gersegovina) klublarida to‘p surgan.

Manba: https://sport1.oslobodjenje.ba
Kiritildi: 12:07, 15.01.2020.
O'qildi: 5190 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.