19-yanvar sanasida UFCning sobiq “qiroli” Konor Makgregor yana oktagonga chiqishidan xabaringiz bor. Jangga bo‘lgan e’tibor juda ham katta. To‘g‘ri, uning raqibi Konor singari mashxurlikka ega bo‘lmasligi mumkin, biroq o‘ziga xos jang uslubi egasi sanaladi. Bugun Donald Seronening “TRUEGYM” nashrida e’lon qilingan jang oldi intervyusini taqdim etamiz.
- Nima uchun Konor senga yarim o‘rta vaznda jang taklif qildi deb o‘ylaysan?
- Menimcha u vazn tashlashdek yoqimsiz ishni qilishdan qochgani aniq. Bunday ahmoqona jarayonni boshidan o‘tkazishni istamgan ko‘rinadi. Balki, unga mening vaznimda jang qilish qulayroqdir. Konorning o‘zi yarm o‘rta vaznda jang o‘tkazishni taklif qildi, men xursandchilik bilan buni qabul qildim. Agarda, talab etilganida ortiqcha qiyinchiliksiz vazn tashlashim mumkin edi.
- Sen Konordan qanday parter kutyapsan. Kel ikkingiz o‘rtangizdagi jang haqidagi barcha hayollarni chetga surib tashlaymiz va Makgregorga holis baho beramiz. Aytchi u Habibga qarshi qanday jang o‘tkazdi?
- Aytish juda mushkul. Sababi, Habib istalgan raqibga qarshi jangni to‘liq boshqaruviga oladi. Boz ustiga uning parterda naqadar kuchli ekanligini hech kimga sir emas. Konorning parterda qanday jang olib borishi haqida Habibga qarshi jang orqali xulosa chiqarishdan ma’no yo‘q. Konorning Diazga qarshi janglarini ko‘rgan bo‘lsangiz, Habib naqadar katta ustunlikni qo‘lga kiritganini darrov sezib olasiz. Raqibimning dimog‘ibaland bo‘lsada, u ahmoq emas. Uning parter ustida ishlayotganidan xabarim bor. Konor kamchiliklarga qo‘l siltab yuboradigan darajada e’tiborsizlik qilmasligiga aminman.
- Konorga qarshi bahsda ko‘plab mutaxassislar jismoniy ustunlik sen tomonida bo‘lishini taxmin qilmoqda. Konor 3- raundda charchab qolishini kutyapsanmi?
- Mening bu borada qarashlarim biroz o‘zgacharoq. Uning jismoniy imkoniyatlari hech kimnikidan kamemas, biroq Konor barchasini tezda yakunlashni istaydi. Shu sababli, har bir zarbasi uchun katta kuch sarf etadi. Sen kim bo‘lishindan qat’iy nazar, har zarbaga urg‘u berishga harakat qilsang, jangni to‘liq o‘tkaza olmaysan. Mening jismoniy imkoniyatlarim borasida muammoyo‘q. Shunday bo‘lsada, uning 5-raundda charchab qolishini kutayotganim yo‘q. o‘ylashimcha, u tinimsiz mehnat qilyapti va janggi mukammal formada yetib keladi.
- Ko‘pchilik ushbu janggi tanlagan strategiyang bilan qiziqmoqda. Katta ehtimol bilan Konorning kuchini teyk daunlar bilan qiriqib qo‘ysang kerak?
- Ochig‘iUFCmuxlislarining fikricha tik turgan xolda jang olib borish barchaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Men har kuni oynada o‘z aksimni ko‘rganim uchun imkoniyatlarim haqida qolganlaridan yaxshiroq bilishimga Shubham yo‘q. Shunday ekan, nima uchun tik turgancha dunyoning eng kuchli jangchisiga qarshi jang qilmasligim kerak? Uning zarbasi kuchli ekanligi haqida eshitganman, biroq bu zarbani o‘zimda his qilib ko‘rmasligim kerak degani emas. Tavakkal qilib ko‘rmoqchiman. Mening tirsak zarbalarimga u qanday dosh berishini sinab ko‘rmoqchiman.
- Sening murabbiylarining jangni parterga ko‘chirish haqida maslahat berishmadimi? O‘z faoliyatingdagi eng ulkan jangni tavakkal bilan o‘tkazish qanchalar to‘gri db o‘ylasan?
- Bilasanmi, men nima uchun o‘z jamoamni va murabbiylarimni yaxshi ko‘raman? Sababi, ular meni hech qachon fikrimdan qaytishga majbur qilishmaydi. “Agar jangni zarbalar almashinuvida o‘tkazmoqchi bo‘lsang, biz barchasini sen istaganingdek amalaga oshiramiz!”,-degancha meni avval boshidan ruhlantirib kelishdi. Ular vaqtni bekorga sarf etadigan insonlar emas. Hozir ushbu tavakkal rejamizni yaxshilab pishitish uchin tinimsiz izlanishdamiz. Jang rejasi borasida uzoq so‘zlamoqchi emasman. Bizda bir emas, ikkita jang rejasi mavjud. Birinchisi ish bermasa, darrov ikkinchisiga o‘taman. Oradan bir necha yillar o‘tgach, sen menga qarata: “Og‘ayni menga aytgan jang rejang ish berishini kutmagan edim”,-deyishgga ishonchim komil.