Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

Tezroq jamoani o‘zgartiring janob hujumchi!

Tezroq jamoani o‘zgartiring janob hujumchi!

Baho:
+ | -

Hujumchi chinakamiga porlashi uchun o‘ziga mos va oldiga yuqori maqsadlar qo‘ygan jamoada to‘p surishi shart. Darhaqiqat, bugungi kunga kelib bir nechta top darajadagi hujumchilar borki, kuchli jamoalarda hech qanday muammosiz qo‘nim topishi mumkin. Bugun tezroq jamoasini alamashtirishi kerak bo‘lgan futbolchilar haqida so‘z boradi.

Pyer-Emerik Obameyang (Gabon, «Arsenal», 30 yosh)

Bu yerda izohga xojat ham yo‘q. “Arsenal”ning bir nechta o‘yinini tomosha qilsangiz kifoya. Qo‘pol qilib aytganda gabonlik futbolchi “Arsenal”ning saviyasida biroz balandroqdek ko‘rinmoqda. Tog‘ri, u Tiyeri Anri darajasida emas, biroq u ham Anri singari afsonasviy futbolchi bo‘lishi mumkin edi. Agar, Gabonni emas, Fransiyani tanlaganida, katta ehtimol bilan Jirudagi JCH oltin medallari unikiga aylangan bo‘larmidi? Qahramonimiz APLdagi ilk mavsumda o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Shunchaki bu mavsumda "Arsenal" o‘zini o‘nglay olmayapti. Obameyangni juda kech kashf etilganini inobatga olsak, o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchu yetarlicha vaqt mavjud.

Mussa Dembele (Fransiya, «Lion», 23 yosh)

Agarda, Drogba o‘z faoliyatining so‘nggiga qadar “Marsel”da to‘p surganida qandayir sovrinni boshi uzra ko‘targan bo‘larmidi? Zamonaviy futbolda Fransiya chempionatida uzoq qolishdan hech qanday naf yo‘q. Boz ustiga Dembeleda Britaniyada to‘p surish (Avval “Seltik” sharafini himoya qilgan) tajribasi mavjud. Ayni damda unga London va Manchester shaxarlarining klublari qiziqish bildirmoqda. U o‘z kariyerasini barbod qilishni istamsa, tezda jamoasini o‘zgaritirishi talab etiladi. Endigina 23 yoshga to‘lgan iqtidorli hujumchi “Liga 1” musobaqasining 9-o‘rinida boruvchi jamoada to‘p surmasligi lozim. Agarda, Fransiya futbolida uzoqroq qolib ketsa, keyinchalik unga “Aston Villa”dan ham taklif kelib tushmasligi mumkin.

Serdar Azmun (Eron, «Zenit», 25 yosh)


Dzyuba “Zenit”ning faxriga aylanib bo‘ldi. Uni hech qayerga qo‘yib yuborishmaydi. Bu aniq. Eldor Shomurodov haqida ham shunday deyishimiz mumkin. Uni “Rostov” nemislar 10 million yevro to‘lamasa qo‘yib yubormaydi. Bundan tashqari, Eldorning o‘zi ham Karpin qo‘l ostida o‘zini yaxshi his qilayotgani hech kimga sir emas. RPLdagi yana bir top hujumchi Serdar Azmun borasida bunday deya olmaymiz. Eronlik futbolchi tezroq Rossiyani tark etishi kerak. Agarda, qo‘rqoqlik qilib Rossiyada qolsa, o‘z kariyerasining oyog‘iga bolta bilan zarba berdi deyavering! Vaqt o‘tib bormoqda. Bir paytlar Eronlik Messi laqabi bilan Rossiyaga kelgan futbolchi ikkinchi Inzagiga aylandi. Bundan tashqari, bugungi kunda yengil va chaqqon harakatlarini yo‘qotganicha yo‘q. “Zenit”da u zerikib qolayotganiga Shubham yo‘q. U juda ham iqtidorli futbolchi. Bundan tashqari, stabil ekanligini ham inobatga olsak, uni qo‘rqmay kuchli beshlik klublaridan birida ko‘rishimiz kerak. Afsuski, Azmunning xarakteri pand berib qo‘yishi mumkin. U maydonda jangchi emas. Unga doimmo kuchli sheriklar va murabbiyning yordami kerak.

 

Kilian Mbappe (Fransiya, PSJ, 21 yosh)

 

Anri, Zidan, Kopa, Platini singari mega yulduzlar uzoq ushlanib qolmagan Fransiya chempionatida to‘p surishdan qanday naf chiqarish mumkin Killian? Fransiyaning birorta buyuk futbolchisi o‘z yurtida to‘p surmagan desak, adashmagan bo‘lamiz. Tarixga nazar solsangiz, Zidan ham Anri ham o‘zlariga kelib tushgan birinchi taklifdayoq kuchliroq chempionatlarga yo‘l olishgan. Mbappeda ham Fransiyaning buyuk futbolchilari qatoriga qo‘shilish imkoniyati mavjud. Buning uchun yuqorida nomi zikr qilinganlar singari faqat va faqat g‘oliblik uchun maydonga tushadigan, o‘z o‘yin falsafasiga ega jamoalardan biriga o‘tish lozim. Bugungi kunda Mbappeni qo‘lga kiritish sayyoramizning atigi 3 ta jamoasining qo‘lidan keladi. “Real”, “Barsa” va “Manchester Siti”. Mbappe kelajakda “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishni va tarixdan joy olishni istasa tezroq chemodanlarini yig‘ishi kerak.

Xarri Keyn (Angliya, «Tottenxem», 26 yosh)

Afsuski, Xarri bu ro‘yxatdagi yigitlar orasida ketishga biroz kech qolganlardan biri desak, “Tottenhem” muxlislari to‘g‘ri tushunadi degan umitdamiz. Angiliyalik futbolchi yaqindagina jarohat olganidan xabaringiz bor. Uning birorta sovrinni qo‘lga kiritmagani haqida ortiqcha so‘zlab o‘tirishga xojat yo‘q. Shundoq ham bundan xabaringiz bor. U hozirgi darajasidan ancha o‘sishi mumkin edi, biroq o‘z vaqtida ketishni uddalay olmadi. To‘g‘rirog‘i ketishiga yo‘l qo‘yishmadi. Ayni damda u Angliyaning eng yaxshi futbolchisi ham emas. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra bu sovrin Jordan Hendersonga nasib etdi. Keyn esa, Sterlingdan so‘ng uchinchi bo‘ldi xolos. Afsuski, bugungi kunga kelib uning o‘yini singari transfer qiyamtida ham pasayish kuzatilmoqda. Shunday bo‘lsada, barchasini o‘ngalash uchun unda “Evro 2020” musobaqasi mavjud. Hujumchi bir nechta gol kiritishni uddalasa, qarabsizki o‘z qiymatini tiklashi va APLning birort top jamoasidan joy olishi hech gap emas.

 

So‘yloq Ronaldo PSVda uzoq qolmagni singari Ibrahmovich ham 2019-yilga qadar “Ayaks” sharagini himoya qilgani yo‘q. Bu yigitlar ham yutuqlar katta o‘zgarishlar ortidan kelishini anglab yetishi va yangi chaqiruvlarga labbay deb javob berishlari shart.

Manba: Soccer.ru
Kiritildi: 15:52, 16.01.2020.
O'qildi: 12504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.