Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

“Manchester Yunayted”ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchi

“Manchester Yunayted”ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan 5 futbolchi

Baho:
+ | -

So‘nggi 30 yil davomida futbol shoxsupasidan tushmay kelgan jamoaning ayni damdagi ahvoli hech kimga sir emas. Klub sekin-astalik bilan o‘rtamiyonalar qatoridan joy olib kelmoqda. Bunday vaziyatda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan transferlar orqali muammolarni bir muncha bartaraf etish mumkin. Bugun “qizil iblislar”ni kuchaytirishga qodir bo‘lgan futbolchilar bilan qisqacha tanishib o‘tamiz.

Bruno Fernandesh ("Sporting")

Portugaliyalik futbolchi deyarli bir oyog‘i bilan “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylanib bo‘ldi. Klub bejizga maydon markazini kuchaytirmayapti. Ayni damda, “qizil iblislar” klassik 10-raqam egasiga juda muhtoj. Bu pozitsiya uchun Kristian Erikson va Bruno Fernandeshlardan biri harid qilinishi tahmin qilinayotgan edi. Katta ehtimol bilan bu “Tottenhem” o‘z raqobatchisini kuchayib ketmasligi uchun ham Eriksenni APL jamoalariga sotmaslikka harakat qiladi. Shunday ekan, Bruno eng maqbul variyantga aylanmoqda. Qahramonimiz qatorasiga uchta mavsumdan beri juda yorqin o‘yin namoyish etib kelmoqda. Boz ustiga, u katta klublar nafasini olmagan futbolchi. Portugaliyalik futbolchi Manchesterga ko‘chib o‘tsa, bundan ikki tomon ham birdek naf ko‘rishiga Shubham yo‘q.

Fabian Ruiz ("Napoli")

Jamoaning hujumdagi harakatlarini rang-barang qilishga qodir futbolchi sifatida avvaliga “Lester” futbolchisi Meddison nishonga olingan edi, biroq “tulkilar” futbolchisi muzokaralardan ham bosh tortgach, “Manchester Yunayted” e’tiborini “Napoli”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Fabian Ruizga qaratdi. Afsuski, ingilizlar rasman futbolchi uchun kurash olib borishayotgan bo‘lishsada, imkoniyatlari u qadar yuqori emas. Fabian o‘zi uchun Ispaniya yoki Italiya klublaridan birini tanlasa kerak. Futbolchi APLning shiddatida yo‘qolib qolishdan havfsirmoqda. Bundan tashqari, uni qo‘lga kiritishni istagan “Barselona” va “Real Madrid” uchun “Manchester Yunayted”dan farqli o‘laroq 80 million yevro muammo tug‘dirmaydi. Agarda, Ruizni ilib ketishni uddalashsa, bu Manchesterning qizil tomoni uchun katta naf keltirishi aniq. Bu transfer qolganlaridan farqli ravishda juda jumbog‘li ko‘rinmoqda.

Jek Grilish ("Aston Villa")

“Manchester Yunayted”ning yangi 10-raqam egasi bo‘lish uchun da’vogalrdan biri. “Aston Villa”ning yetakchisi Eshli Yang singari o‘zining gullagan davrlarini “qizil iblislar”ga bag‘ishlashi mumkin. Birmingem shaxrining birinchi raqamli futbolchisi ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Voqealar rivoji shu ketishda “Aston Villa”ning chempionshipga yo‘l olishiga ishora qilmoqda. Agarda, jamoa o‘z o‘rnini saqlab qolishni uddalay olmasa, Grilishning ham klubda qolishidan hech qanday naf yo‘q. Shunday ekan, Grilish “qizil iblislar” tomonidan sotib olinadigan bo‘lsa, bu yozda amalga oshadi. Hozircha Birmingemlik yigit o‘z qishlog‘ida birinchi bo‘lib turaversin!

Risharilson ("Everton")

Sulsherning jamoa zahira o‘rindig‘idan ko‘ngli to‘lmaganicha bor. Jamoani tark etgan Lukaku va Aleks Sancheslarning o‘rnini boshqa futbolchilar bilan to‘ldirishning iloji bo‘lmadi. Shu sababli, murabbiy o‘yin davomida turli sxemalarda harakatlanishga qiynalmoqda. Reshford va Marsyal esa, tig‘iz taqvim sababli barcha uchrashuvda ham 100 foiz kuch bilan o‘ynashga qodir emas. Bu muammoga “Everton” hujumchisi Risharilson ajoyib yechim vazifasini o‘tab berishi mumkin. Hujumda universal bo‘lgan braziliyalik kreativ futbol o‘ynaydi. Uni qo‘rqmasdan yangi 7-raqam deb e’tirof etishimiz ham mumkin. Qanotlarda, hujumchi ortida va xatto yarim himoyada ham birdek faollik ko‘rsatuvchi Risharilsonning transferi “qizil iblislar” uchun 70 million yevroga ayalnishi mumkin. Muxlislar tomonidan uzoq kutilgan 7-raqamning egasi uchun 70 million yevrodan voz kechish ulkan tavakkal bo‘lmasa kerak. Qisqacha qilib aytganda ajoyib transfer bo‘lishi mumkin!

Eduardo Kamavinga (Renn)

Zamonaviy futboldagi eng ko‘zga ko‘ringan tineyjerlardan biri. Ayni damda uni qo‘lga kiritish uchun kurash mavjid bo‘lishiga qaramay, jamoa kamida 10 yil muddat davomida ajoyib yarim himoyachiga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Kamavinga chinakam strategik transferga aylanishi mumkin. Klub uni sotib oladi va murabbiylar klubning o‘yin falsafasi bilan uni katta futbolga olib kirishadi. Futbol tarixida bunday transferlarning deyarli 70 foizi ijobiy natija berganidan xabaringiz bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:22, 17.01.2020.
O'qildi: 14420 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.