Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Bobur Abduxoliqov: «Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz»

Bobur Abduxoliqov: «Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz»

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionatida chorak final bahsiga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda. E’tiboringizga jamoamiz hujumchisi Bobur Abduxoliqov bilan guruh bosqichi yakunlari va yigitlarimizning bo‘lajak o‘yinga olib borayotgan tayyorgarligi haqida suhbatni havola qilamiz:

— Guruh bosqichini ko‘ngildagidek o‘tdi deya olasizmi?
— Xudoga shukur, ikkinchi o‘rin bilan guruhdan chiqib oldik. O‘yinlar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, shuni aytish lozimki, bizning guruhda juda kuchli jamoalar yig‘ilgan edi. O‘yinlarimizdan to‘la ko‘ngil to‘ldi deya olmaymanku, lekin asosiy vazifani uddaladik. Endi keyingi bosqichga tayyorlanyapmiz. Buyog‘iga xato qilib bo‘lmaydi.

— Har bir o‘yinda yurtimizning turli hududlaridan kelgan ko‘p sonli muxlislarimiz sizlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ularning shunday qo‘llab turishi qanchalik dalda bo‘lmoqda?
— Bu borada muxlislarimizga katta rahmat aytib qolaman. Biz ularning qo‘llab-quvvatlashlarini his qilib turibmiz. Shuningdek, yurtimizda ota-onalarimiz, millionlab vatandoshlarimiz ham duo qilishmoqda. Biz buni his qilgan holda maydonga tushyapmiz. Ularning bunday qo‘llab turishi bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Xudo xohlasa, mana shunday qo‘llab turishlari ortidan biz Olimpiadaga chiqamiz.

— Mana, chorak final o‘yini ham yaqinlashib kelmoqda. Raqib biz uchun qanchalik tanish?
— Biz BAA jamoasi bilan tayyorgarlik doirasida bir marotaba o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazganmiz. Rasmiy o‘yin bo‘lmagani uchun ular ham, biz ham bor kuchimiz bilan o‘ynamagan edik. Chorak final bitta o‘yindan iborat. Shuning uchun unga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Aytib o‘tganimdek, xato qilishga haqqimiz yo‘q endi. Allaqachon o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Raqibning guruh bosqichidagi o‘yinlarini tahlil qilib chiqyapmiz. Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Eslatib o‘tamiz, BAA – O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi chorak final o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan 18:15 da start oladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:06, 18.01.2020.
O'qildi: 5337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик