Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

APL. «Nyukasl» so‘nggi soniyada «Chelsi»dan g‘alabani tortib oldi (videosharh)

APL. «Nyukasl» so‘nggi soniyada «Chelsi»dan g‘alabani tortib oldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 20-turi doirasidagi bugundan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Nyukasl» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qilib, o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketishdi.

Aslida "qarg‘alar" bahsning 21-daqiqasida hisobni ochishlari kerak edi. Darvoza to‘sini "Chelsi"ni goldan qutqarib qoldi.

Shundan so‘ng ustunlik asosan Lempard shogirdlari tomonida bo‘ldi. Ayniqsa, ular ikkinchi bo‘lim so‘ngida 2-3ta golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Xususan, Abraxam yakkama-yakka vaziyatda "Nyukasl" darvozabonini aldab o‘tdiyu, darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Qo‘shib berilgan 4 daqiqaning so‘nggisi o‘tib borayotganida mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirishdi. "Chelsi" himoyachisi to‘pni qaytardi, ammo takroriy uzatmani Ayzek Xeyden bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Nyukasl – Chelsi 1:0 (0:0)
Gol: 1:0 – 90+4 Xeyden.
Nyukasl – Dubravka, Fernandes, Klark, Villems (Ritchi, 12), Kraft (Longstaff, 71), Almiron, Xeyden, Shelvi (Longstaff, 85), Sen-Maksimen, Lassels, Joelinton.
Chelsi – Arrisabalaga, Djeyms (Emerson, 75), Ryudiger, Kristensen, Aspilikueta, Kante, Jorjinyo, Xadson-Odoi, Maunt (Barkli, 68), Villian, Abraxam (Batshuayi, 80).
Ogohlantirishlar: Xeyden (55), Emerson (84).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:26, 19.01.2020.
O'qildi: 5161 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.