Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning «1001 kecha» ertagi

Davron Fayziyev: Yurgen Kloppning «1001 kecha» ertagi

Baho:
+ | -1

Aynan shuncha kun "Liverpul" APLda yutqazmayapti. Bu takrorlanmas rekord yoki tarixiy ko‘rsatkich emas, uning o‘ziga xos tomoni Klopp jamoasi go‘yoki raqamlar uchun o‘ynamayotgandek.

Bu klub haqida "killerlar", "mashina", "benuqson mexanizm" kabi so‘zlar ham ishlata olmaysiz. Shunchaki jamoa futboldan o‘zi ham zavq olyapti va muxlislarga ham zavq beryapti. Raqamlar esa yo‘l-yo‘lakay oshib bormoqda. Deylik, ba’zi insonlar boyish uchun har ishga qo‘l uradi, kechayu kunduz tinim bilmaydi, qoida va qonunlarni chetlab o‘tadi, odamgarchiligu mehr-oqibatni unutadi, lekin yakunda o‘z maqsadiga erishadi, boyiydi. Boshqa bir toifa borki, ular shunchaki o‘zi sevib qiladigan ishini a’lo darajada bajaradi va yo‘l-yo‘lakay boyib ham boradi. Shu ikkinchi toifani eslatyapti Klopp va uning yigitlari.

Yuzaki hammasi oson va yengil kechayotgandek. Ammo, bilamizki, sportda chetdan qaraganda yengil ko‘ringan har qanday harakat tagida og‘ir mehnat yotadi (g‘ashga tegadigan shtamp gap, bilaman, lekin haqiqat-da).

Juda katta siri ham yo‘q bularni. Boshida himoya chatoq edi, Virjilni oldi. Darvozabon pand bergandi, Alisson keldi. Boksing-dey va mavsum oxirida charchab qolayotgandi, ko‘proq rotasiya ishlatishni boshladi. Robin Gudga chiqarib qo‘yishgandi, endi duch kelganni urib kelmoqda. Hammasi mantiqiy va tushunarli bajarilmoqda.

Yana sabablar ko‘p. Bitta postga sig‘maydi. Keyinga qoldiraman.

Ha, Alisson deganga esga tushdi, u jamoasi darvozabonlari orasida 10 yilda birinchi bor assist muallifiga aylandi. Undan avval 2010 yilda Reyna Torresga golli uzatma bergandi.

Saloh esa APLda o‘ziga qarshi o‘ynagan 24 klubdan 23 tasi darvozasiga gol urdi. Faqat "Suonsi" Chempionshipga qochib qutilgan.

Mana, tahliliy post ham informativga aylanib ketti. Informasion oshxona mahsulotimiz, nima qilsa ham.

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 07:36, 20.01.2020.
O'qildi: 6098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.