Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Rasman. Doston Tursunov Koreya chempionatiga ko‘chib o‘tdi

Rasman. Doston Tursunov Koreya chempionatiga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Yaponiyaning "Renofa Yamaguchi" klubi himoyachisi Doston Tursunov faoliyatini Janubiy Koreya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda J-2 ligasi klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

24 yoshli futbolchi "Pusan I'Park" klubi bilan shartnoma imzoladi. Hozircha tomonlar qancha muddatga mo‘ljallangan shartnomani rasmiylashtirishgani haqida ma’lumot yo‘q.

Tursunov 2019 yilgi mavsumni Yaponiyaning J-2 ligasi vakili — "Renofa Yamaguchi" safida o‘tkazib, 14ta o‘yinda maydonga tushdi.

"Pusan I'Park" klubi esa o‘tgan mavsumda Key-2 ligada ishtirok etdi hamda 2-o‘rinni egallagan holda Key-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

"Hayotimda ilk marta xorij jamoasida o‘ynash menga katta qiyinchilik tug‘dirdi. Ammo jamoa a’zolarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida bu qiyinchilikni yengib o‘tdim. Men "Renofa Yamaguchi"ni tark etyapman. Umid qilaman, futbolchi sifatida o‘sish uchun bor kuchim bilan o‘ynayman. Yaponiyadagi faoliyat men uchun katta tajriba bo‘ldi. Barcha rahmat", — deya Dostonbekning so‘zlaridan iqtibos keltirdi "Renofa" rasmiy sayti.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:30, 21.01.2020.
O'qildi: 5795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик