Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Bitta o‘yinning narxi qancha?!

Bitta o‘yinning narxi qancha?!

Baho:
+1 | -

Narxi yo‘q! Bebaho!!!

MDH davlatlari ichidan kimdir Olimpiadaga borganini eslay olmadim. Balkim Ukraina borgandir, ularning yoshlari bilan metr Lobanovskiy maktabini ko‘rgan sobiq futbolchilar shug‘ullanishadi...

Gruziya yoshlar maktabi ham azaldan yaxshi bo‘lib kelgan, lekin Yevropada yorib chiqib, Olimpiadaga borish qiyin ish...

Agar Ukraina qatnashmagan bo‘lsa, demak O‘ZBEKISTON bu sharafga birinchi bo‘lib erishishi mumkin!

Bu iftixor, bu sharaf, bu tarixiy qadam!

Raqiblar jiddiy bugun. Lekin hozir futbolda yutuqga erishish mumkin 3 ta yo‘l bor ekan, yutqazmaydigan raqib yo‘q:
1. Intizomli o‘yin.
2. Ruhan raqibdan maydonda ustunlikka erishish
3. Mahoratli o‘yinchilar yordamida o‘yinni hal qilish.

Men shu 3 yo‘ldan ikkinchisini ustun qo‘yaman, ya’ni ruhiy ustunlikni.

Maydonda raqibdan hayiqmay, to‘pni egallash va nazorat qilishni maqsad qilgan jamoa ruhiy ustunlikka erishadi. Raqibing tarkibida Joau Felish, Junior , Deniyel Jeyms, Fati,  Nikolo Dzanyolo, Andrey Lunin, Dani Olmo, Jeydon Sancho, Kallum Xadson-Odoi, Ashraf Hakimiy, Skott Maktominey va boshqalari bo‘lganda ham, raqibni nomlariga qarab emas, to‘pga qarab o‘ynash kerak bo‘ladi. To‘p senda bo‘lsa, tezroq maydonda “ochilasan”.

Demak, muddaoga o‘taman.  

Saudiyaning kuchli nuqtalari:

4. Hassan Tombaktiy — markaziy himoyachi, bo‘ydor, atletik gavdaga ega, lekin plastikasi yaxshi futbolchi. Ikkinchi qavatda bexato o‘ynaydi. O‘yin uslubi Saudiyaning yaqin o‘tmishdagi mashhur ampluadoshi Saud Xaririyni eslatadi. Jamoa sardori, jamoani o‘ziga bo‘lgan ishonchi (shersifat sokinlik) va sovuqqon harakatlari tufayli, jamoa ruhini ushlab turadi! Shu o‘yinchi ishdan chiqsa, jamoa sinadi! Kamchiligi: raqibidan aldansa, keskin harakat qilib, sariq olish ehtimoli katta! Yutqazishni yomon ko‘radi! Futbol xarakteri (o‘yin uslubi emas) Pol Pogbani eslatadi!  

7. Abdulrahmon G‘arib – bo‘yi past, chapaqay, juda tez va texnikasi juda yaxshi futbolchi! Abedi Pele va Romarioning chatishgani! Saudiyaning eng xavfli o‘yinchisi! G‘aribning nomi aldamchi, o‘zi esa zo‘r aldovchi. Bir, ikki, uch o‘yinchini tezlikda va tezlikdagi driblinglarda bemalol aldab ketib, darvoza tomon aniq va kuchli zarba bera oladi! Uni bartaraf qilish yechimi – yonida soyadek, kanadek yurib, unga to‘p berilishini oldini olish kerak. Tezlikda yoki to‘p uchun kurashda yutqazgan o‘yinchimiz, uni orqasida qolmaslik kerak. Menga qolsa, Sanjar Qodirqulovni shu bolani “ushlashga” qo‘yardim! Katta taxminlar bilan bu ishni Hojiakbar Alijonov bajarsa kerak. Agar G‘arib o‘nga qanotga o‘tsa, unda Ilhom Alijonovga bu ishni uddalashiga to‘g‘ri keladi.

9. Abdulloh al-Hamdan – bo‘ydor, gavdali va eng muhimi, juda provakator o‘yinchi. Jarima maydonida ko‘p yiqiladi, raqib o‘yinchilari bilan ko‘p tortishadi, ularni javob qaytarib urishishga provokasiya qiladi. Lekin, texnikasi o‘rta. Gavdasi hisobiga to‘pni o‘zida ushlab tura oladi. Kamchiligi: uni provokasiyasiga uchmay, e’tibor bermay o‘ynalsa, o‘zi ochiqdan ochiq yoki referi qarab turmaganida qo‘pollik qila boshlaydi. Xullas, janjalni xush ko‘ruvchi “vampir”.

3. Abdulbossit Hindiy – bo‘ydor, gavdali markaziy himoyachi, qisqa tarif beraman: ampluadoshi Tombaktiy (o‘yin uslubi) va hujumchi al-Hamdan (futboldagi xarakteri)ning qorishmasi, miksi. Kamchiligi: raqib hujumchisi texnikasi yaxshi bo‘lsa, yerdagi to‘pni yaxshi nazorat qila olmay qoladi. Yechim: Oybek Bozorov uni charchatsa, uning markaziy himoya zonasida katta teshik paydo bo‘ladi.

10.Ayman al-Xulayf – o‘ng qanot va markaziy hujumchi. Texnikasi o‘rta, lekin chaqqon futbolchi. To‘pni yaxshi nazorat qila oladi, hujumlarni tashkil qiladi. Har ikkala oyoqda yaxshi zarba bera oladi. Kamchiligi, kayfiyat o‘yinchisi. Oyog‘iga to‘p kelib tushmasa, ishdan chiqadi.

19.Firas al-Buraykan – hujumchi, ko‘pincha zaxiradan o‘yinga chiqadi. Ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydi, gol sezish qobiliyati yaxshi. Unga yaqin o‘ynalsa, imkoniyatlari cheklanadi.

Saudiya – aslida, texnik va jismonan bizga yaqin va teng jamoa. Markaz va to‘pni nazorat qilish uchun jang bo‘ladi!

Buni, kamida ular bilan teng ravishda uddalasak bo‘ladi.

22.Muhammad al-YAmiy – saudlarni darvozaboni havodagi to‘plarni yaxshi seyv qiladi, biroq, yerdan kelgan to‘plarni o‘z vaqtida bartaraf qilishda uzun bo‘yi va chayir emasligi xalaqit beradi!

Asosiysi bizda: 1.Abduvohid Ne’matov (darvozabon) – agar shu yigit 1ta shu o‘yinni ruhan sinmay, sovuqqonlik bilan o‘tkazsa, biz yutamiz inshaolloh! Uni jamoadagi yigitlar ruhan qo‘llab-quvvatlab turishlari SHART! Menga qolsa (tuyaning gapi) ikkinchi darvozabon Mashhurjon Muhammadjonovni sinab ko‘rardim, agar ruhan u tetikroq bo‘lsagina! Mahorat borasida har ikkala darvozabon bir xil kuchga ega! Lekin, darvozada Abduvohid turadi bu o‘yinda.

Eng muhimi: Hojiakbar Alijonov, Jasurbek Yaxshiboyev, Aziz G‘aniyev raqiblarni yashirin provakasion va keskin harakatlariga javob qaytarmaslik ZARUR!

Sezishimcha, provakasiya ularni rejasida bor! Raqib jamoasini ruhan ishdan chiqarishni, katta effekt beradigan qo‘llanmasi bu.

Bitta shu o‘yinni yutsak, Finalni ko‘rmasam ham bo‘ladi!

Bitta shu o‘yinni yutsak, Olimpiadaga O‘ZBEKISTON JAMOASI degan yozuv, dunyoning ko‘plab futbol muxlislarini internetdan yurtimiz futboli haqida ma’lumot titkilashga sabab bo‘ladi!

Bitta o‘yinni yutsak, Mundialni ukasi bo‘lmish turnirda, yigitlarimiz ko‘plab professional futbol mutaxasisslarini (agentlar, murabbiylar, texnik direktorlar) nigohiga tushadilar va o‘zbek futbolidan ayrim futbolchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiziqish oshadi (Hozirgiday agentlarni uzoq prezentasion dialoglari orqali ishontirishi orqali emas).

Bitta o‘yinni yutsak... Umuman arzib qoldik yutishga!

Qachonlardir, bizning ko‘chalarimizda ham bayram bo‘lishi kerakku?!

Biz doimgidek yaxshi yomon kunlarda SIZ futbolchilar bilanmiz, garchi BIZlarni tanimasangizlar ham!

Asosiysi, BIZlar Sizlarni yaxshi taniymiz (gohida sinfdoshlarimizni ham sizchalik bilmaymiz) va nimagadir... sizlarning harakatlaringizda o‘zimizni hayotdagi o‘rnimizni ko‘rib turgandek bo‘lamiz!

Tepada ko‘m-ko‘k osmon, qalblarda ko‘klam...

Shu ko‘k rangdagi formada, ko‘p hollarda yaxshi ma’noda ko‘karib kelganmiz (irim emas, statistika)!

BIZ arziymiz bitta o‘yinda ko‘karishga!

Oq terakmi, ko‘k terak – Bizga g‘alaba kerak!

Olg‘a, "ko‘k bo‘rilar"!!!

Furqat Qurbonov

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:30, 22.01.2020.
O'qildi: 14568 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.