Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Xayrulla Hamidov: «Shedevr»

Xayrulla Hamidov: «Shedevr»

Baho:
+ | -

Shedevr asarlar boshqa asarlardan nimasi bilan farq qiladi? Zamon tanlamasligi bilan, albatta. O‘sha kunning siyosatidan yuqori turishida...

Shu bois ham “qay davrda yozilgan yo qay davrda chizilgan bu asar?” deb so‘raladi shedevrlar.

“Stemford Brij”dagi kechagi bahs ham shu asarlar sirasidan bo‘ldi. Jamoalar chempionatdagi holatlarini unutishdi. Turnir jadvali umuman esda yo‘q edi. Bir futbolchining maydondan chetlatilishi, deysizmi? Bu ham chikora. O‘ynash kerak, bo‘ldi. Shedevrlar shunday yoziladi.

Hissiyotlarga limmo-lim kechgan o‘yinda murabbiylarning chizmalari-da ko‘rinmay ketdi. Aslida chetda o‘yinni asabiy tomosha qilayotgan Arteta ham, Lempard ham biz bilmagan holda o‘z yurishlarini amalga oshirishmagan, deysizmi? Yo‘q, ularning imzolari bor edi. Biroq, ular bu asarga ta’sir o‘tkaza oladigan darajada imzo cheka olmasdilar. Portretning bir chetidagi imzo kabi ilg‘ash mushkul qo‘l edi bu.

Asarning tom ma’nodagi mualliflari - maydondagi 21 futbolchi, ha, 21 futbolchi edi. Shedevr yozish uchun telbalarcha o‘ynash kerak.

Jang qahramonlarni tug‘adi, deganlaridek, bu o‘yin ikki tomonning-da jangiga aylanib ketishini kutdik. London jangi deb ataldi bu, ha.

Derbilar shunaqa o‘tishi kerak, degan joyiga reytingning yuqorisi shu o‘yinga ajratilishi kerak. So‘nggi soniyalargacha, so‘nggi tomchigacha...

O‘yin soat 19:00da takroran efirga uzatiladi. Men ko‘rib qo‘ymoqchiman. Chunki nima deganimni, qanday hislar ortida qolganimni eslay olmayapman. Arteta va Lempard singari nima bo‘layotganini tushuna olmagandim kecha. Menimcha, futbolchilarning o‘zlari ham boshqatdan ko‘rib chiqishsa kerak. Ular ham o‘zlarida emasdilar.

Ha, shedevrlar shunaqa yoziladi. Soat 19:00gacha olimpiyachilarimiz Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishsa bormi, London jangini eng yuqori notalarga chiqqan his-tuyg‘ular ostida ko‘ramiz.

Vuh!!!

 

Xayrulla Hamidov

Manba: Хайрулла Ҳамидов телеграм канали
Kiritildi: 11:13, 22.01.2020.
O'qildi: 7227 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.