Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Masala hal: Eron klublari saralashni neytral maydonda, guruh bosqichini o‘z uyida o‘tkazishadi

Masala hal: Eron klublari saralashni neytral maydonda, guruh bosqichini o‘z uyida o‘tkazishadi

Baho:
+ | -

Eron klublarining Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki bo‘yicha masala hal bo‘ldi. Bugun Eron futbol federasiyasi va mamlakatning OCHLdagi ishtirok etadigan 4 klubi rahbarlari Malayziyada OFK matbuot kotibi bilan muzokara o‘tkazishdi.

Muzokara chog‘ida quyidagi qarorga kelindi.

1. Eronning ikki klubi — "Shahr Xodro" va "Istiqlol" 2-saralash bosqichini neytral maydon — Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazadigan bo‘lishdi.

Eron chempionatida 4-o‘rinni egallagan "Shahr Xodro" Bahraynning "Ar-Riffa" klubiga qarshi o‘yinni Sharja shahrida o‘tkazadi.

"Istiqlol" jamoasi esa "Kuvayt" SKga qarshi uchrashuvni Dubay shahrida o‘tkazadi. Bu o‘yinlar 25 yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

2. Eron klublari OCHL guruh bosqichining dastlabki 3ta bahsini safarda o‘tkazishadi. Masalan, "Bunyodkor" guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, "Sepohon"ga qarshi dastlabki o‘yinni Isfahonda emas, Toshkentda o‘tkazadi. "Shahr Xodro" esa saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib olsa, "A" guruhidagi ikkinchi o‘yinni (17 fevral kuni) o‘z uyida emas, poytaxtimizda "Paxtakor" maydonida o‘tkazadi.

3. Guruh bosqichining dastlabki 3ta turidan keyin OFK vaziyatni yana bir marta o‘rganadi hamda shundan so‘ng Eron klublariga o‘z uyida o‘yin o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Ko‘p narsa 26 mart kuni bo‘ladigan Eron-Gonkong o‘yini yuzasidan FIFA qanday qaror chiqarishiga bog‘liq.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:24, 23.01.2020.
O'qildi: 3812 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик