Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Avstraliya - O‘zbekiston: Tokio-2020 yo‘llanmasini mentalitet hal qiladimi?

Avstraliya - O‘zbekiston: Tokio-2020 yo‘llanmasini mentalitet hal qiladimi?

Baho:
+ | -

25 yanvar, shanba kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Tokio-2020 yo‘llanmasining uchinchi egasi nomi ma’lum bo‘ladi. Bu yo‘llanma uchun Avstraliya va O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari maydonga chiqishadi.

Avstraliya matbuot ushbu o‘yin oldidan tahliliy maqola e’lon qilar ekan, o‘yin taqdirini jamoalarning mentaliteti hal qilishini alohida ta’kidladi.

"Iqtidorli futbolchilarga ega bo‘lgan O‘zbekiston doimo yirik musobaqalar — Jahon chempionati va olimpiadaga chiqishga juda yaqin keladi. SSSR parchalanganidan keyin O‘zbekiston ilk urinishdayoq Osiyo O‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng Yevropacha o‘yin uslubiga ega bo‘lgan jamoa tez orada qit’ani zabt etishi kutilgan edi, ammo bunday bo‘lib chiqmadi. O‘zbekiston JCH-2006, JCH-2014, JCH-2018 saralash bosqichida yo‘llanmani qo‘lga kiritishga juda yaqin turgandi, ammo so‘nggi o‘yinlarda ijobiy natija qayd eta olmadi.

Payshanba kuni esa O‘zbekiston Tokio-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Saudiya Arabistonini mag‘lub etishi shart edi. Ammo musobaqaning amaldagi g‘olibi yarim finalda o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. O‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida saudiyaliklar g‘alabani ilib ketishdi.

Hujumchi Bobur Abduxoliqov imkoniyatlardan foydalana olmagan bo‘lsa-da u Avstraliyaga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlasa kerak.

Hojiakbar Alijonov esa musobaqaning eng yaxshi himoyachilaridan biri bo‘ldi. U o‘ng qanot bo‘ylab ko‘plab hujumlarni boshlab bermoqda.

Azizjon G‘aniyev maydon markazida o‘yin tempini belgilab berayotgan bo‘lsa, Abdulla Abdullayev tayanch hududida ishonchli harakat qilmoqda.

Murabbiy Lyubinko Drulovich "Portu" va "Benfika"da ishlash tajribasiga ega, ammo u O‘zbekistonga tezkor futbolni o‘rgatish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Ammo u jamoaga jangovar ruhiyatni singdirishga harakat qilmoqda.

Mentalitet — futbolda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlaridan biri, lekin shanba kuni bu narsa hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin".

Kiritildi: 21:53, 23.01.2020.
O'qildi: 10194 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.