Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Arsenal”ga himoyachi kerak

Londonning “Arsenal” jamoasi qishki transferlar chog‘ida markaziy himoyachi harid qilishni rejalashtirmoqda.

Taniqli jurnalist Nikola Shira bergan ma’lumotlariga qaraganda, “kononirlar” nishonida “Flamengo” himoyachisi Pablo Mari turibdi.

Klub seleksiya hizmati arzon, biroq ishonch variant topganiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. 26 yoshli himoyachining transfer qiymati 10 million yevroni tashkil etmoqda.

Ayni damda himoyachi o‘z agenti bilan Londonda tibiiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Agar barchasi ko‘ngildagidek o‘tsa, yangi hafta boshida uning transferi rasman e’lon qilinadi.

“Monako”dan kutilmagan qaror

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi qishki transferlar chog‘ida Suaresning o‘rnini to‘ldirish uchun hujumchi izlashda davom etmoqda.

“Footmercato” nashri bergan xabarlarga qaraganda, jamoa “Monako” hujumchi Visam Ben Yedderni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan ekan, biroq fransuz klubi o‘z yetakchisini qo‘yib yuborishdan bosh tortgan.

Eng qizig‘i shundaki, klub Ben Yedder uchun “Barselona” tomonidan 80 million yevro taklif qilinganini yashirib o‘tirmayapti. Hujumchining o‘zi “Barselona”ga o‘tishni istamoqda, biroq mavsumning eng qizg‘in pallasida “Monako” o‘z snayperini hech qayerga qo‘yib yubormasligi kundek ravshanlashib bormoqda.

Pyontek “Milan”da qoladimi?

Milanning “Milan” jamoasi hujumchisi Kshishtof Pyontek qishki transfer oynasi chog‘ida o‘z jamoasini o‘zgartishi mumkin. Bu haqida Italiyaning bir nechta nashrlari ma’lum qilmoqda.

Kuni kecha “rossoneri”lar hujumchisi uchun Londonning “Tottenhem” jamoasi rasmiy taklif bilan chiqdi. Manbaning ma’lum qilishicha, “shporlar” Kshishtof uchun 30 million funt sterlingdan voz kechishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan. Bu summa “Milan”ni yuz foiz qoniqtirmoqda. Agar tumanli albion vakillari hujumchi bilan shaxsiy shartnoma borasida ham kelishuvga erishsa, kelasi hafta polyak Londonga ko‘chib o‘tadi.

“Bo‘rilar” yetakchisini sotmoqchi

Angliyaning “Vulverhempton” klubi safiadagi o‘yinlari bilan barchaning e’tiboriga tushgan Adama Traorega bir nechta klublar qiziqish bildirayotganidan xabaringiz bor.

“The Mirror” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “bo‘rilar” o‘z yetakchsini sotib yuborishga qarshi emas. Manbaning ma’lum qilishicha, “Vulverhempton” jamoasi yozda o‘z futbolchisini auksion ko‘rinishida pullash orqali katta daromad olmoqchi.

Ayni damda ispaniyalik futbolchi uchun “Barselona”, “Liverpul” va “Roma” klublaridan takliflar mavjud. Klub bu jamoalarning qay biri kattaroq pul taklif qilsa, Adamani o‘sha jamaoga sotishga qaror qildi. Futbolchining o‘zi APLda qolishni istamoqda, biroq shaxsiy shartnoma bandlariga ko‘ra, uning yangi jamaosi nomini “Vulverhempton” aniqlab berishi lozim.

Bugungi kunga kelib, Transfermarket portali Traoreni 28 million yevroga baholayotgan bo‘lsada, uni qo‘lga kiritishni istagan klublar 50 million yevro atrofida pul sarf etishlari lozim.

SSKA hujumchisi APLga o‘tmaydi

Moskvaning SSKA jamoasi hujumchisi Fyodor Chalov qishki transferlar chog‘ida tumanli albionga yo‘l olishi haqidagi mish-mishlarga barham berildi.

Britaniya nashrlarining xabar berishicha, hujumchi borasida Londonning bir yo‘la ikki klubi “Vest Hem” va “Chelsi” jamoalari muzokaralar olib borgan bo‘lsada, “armiyachilar”ning “ochko‘zligi” jarayonga yakuniy nuqtani qo‘ygan.

Gap shundaki, klub o‘z hujumchisini avvaliga ijaraga berishdan bosh tortgan bo‘lsa, keyinroq 12 million yevrolik taklifni rad etgan. SSKA Chalovning transferidan 25 million yevro ishlab olishni reja qilgan edi, biroq APL jamoalari 21 yoshli futbolchi uchun bu summani to‘lashni istamadi. “Chelsi” Chalov uchun 25 million yevro to‘lagandan ko‘ra, Edinson Kavani uchun 25 million yevrodan voz kechishni avzalroq ko‘rdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:56, 26.01.2020.
O'qildi: 16105 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.