Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangilklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Yana boshqa hujumchi

Londonning “Tottenhem” klubi radariga gollandiyalik futbolchi tushib qoldi. Bu haqida taniqli “Sky Sport” nashri ma’lum qilmoqda. “Shporlar” hujumchi izlashda davom etishayotganidan xabaringiz bor. Manbaning ma’lum qilishicha, klub PSV vingeri StevenBergvayn bilan jiddiy qizib qolgan.

Katta ehtimol bilan gollandiyalik futbolchi qishki transferlar chog‘idayoq Joze Mourinyo qo‘l ostidagi jamoaga kelib qo‘shiladi. Sababi, PSV uni “Tvente”ga qarshi uchrashuvga qaydnomaga ham kiritmadi.

Transfermarket nashri hujumchini 35 million yevroga baholayotgan bo‘lsada, London klubi ko‘proq to‘lashi ham hech gap emas.

Eslatib o‘tamiz, Steven bu mavsumda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta golga mualliflik qildi. Shuningdek uning hisobiga 13 ta assist ham mavjud.

 

“Atalanta” himoyachisi uchun kurash

 

"Calciomercato" nashrining xabar berishicha, “Atalanta” jamoasining qanot himoyachisi Robin Gosens bir nechta klublarning nishonida turibdi.

25 yoshli nemis himoyachisi uchun “Lion” va “Chelsi” jamoalari jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchini qo‘lga kiritishni istagan klublar allaqachon himoyachi borasid arasmiy taklif bilan chiqishga ulgurgan, biroq “Atalanta” mavsum o‘rtasida asosiy futbolchisini yo‘qotgisi kelmayapti.

Agarda, “Atalanta” himoyachini sotadigan bo‘lsa ham, Londonliklarda imkoniyat kattaroq. Gap shundaki, “Chelsi” ustozi Frenk Lempard Markus Alonsoning o‘rnida aynan Gosensni ko‘rishni istamoqda.

Transfermarket portal uni 18 million yevroga baholagan bo‘lsada, “aristokratlar” himoyachi uchun ko‘proq to‘lashi talab etiladi.

Smolling necha pul?

“Manchester Yunayted” jamoasiga ayni damda “Roma” safida ijara asosida to‘p surayotgan Kris Smollingning narxini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, “qizil iblislar” himoyachining transferidan 25 million funt sterling ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Himoyachi uchun APLning bir nechta o‘rtamiyona klublaridan takliflar bo‘lishiga qaramay, himoyachining o‘zi “Roma” safida qolishni istamoqda.

Emrening kelajagi hal etildi

“Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Emre Jan uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, “Borussiya”ga qo‘yib yuboriladigan bo‘ldi. Bugun bo‘lib o‘tgan majlisda, klub raxbarlari shunday qarorga keldi”,- deb xabar bermoqda “Yuventus” klubining rasmiy sayti.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchi uchun kurashda “Manchester Yunayted”, “Tottenhem” va “Arsenal” jamoalari qatnashgan bo‘lsada, Jan Germaniyaga qaytishni avzal ko‘rgan. Klub qishda Emreni sotib yuborishga qaror qilgani uchun, “Yuventus”ning so‘nggi o‘yinlari uchun uni qaydnomaga kirtmadi.

Akunya yo‘nalishni o‘zgartiradimi?

 

Portugaliyaning “Sporting” klubi yarim himoyachisi Markos Akunya Rossiyaning “Zenit” jamoasiga o‘tishi tahmin qilingan edi, biroq transfer oynasida unga yangi xaridor topildi.

“A bola” nashrining ma’lum qilishicha, argentinalik fulbek uchun kurashga “Monako” ham qo‘shilgan.

Manba bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Monako” yarim himoyachi uchun kurashda yaqqol fovorit. Sababi, Markos Rossiyaning sovuq iqlimida to‘p surishni istamayapti. Transfermarket portali Akunyani 15 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:49, 26.01.2020.
O'qildi: 13142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.