Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Pedro Emanuel: «Ertaga to‘pni yaxshi ko‘radigan jamoaga qarshi o‘ynaymiz»

Pedro Emanuel: «Ertaga to‘pni yaxshi ko‘radigan jamoaga qarshi o‘ynaymiz»

Baho:
+ | -

«Al Ayn» - «Bunyodkor» uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Pedro Emanuel ishtirok etdi.

- Ertaga biz uchun muhim o‘yin. Uchrashuvga ko‘ngildagidek tayyorgarlik ko‘rdik va ko‘ryapmiz. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Hujumkor o‘yinni, to‘pni yaxshi ko‘radigan jamoaga qarshi to‘p suramiz. Shuning uchun ertanggi bahsda to‘p nazoratini o‘zimiz tomonda bo‘lishi ustida ishlayapmiz. 

- «Bunyodkor» ertaga mavsumdagi ikkinchi o‘yinini o‘tkazadi. Buni raqib bosh murabbiy ham aytib o‘tdi. Shunday bo‘lsa-da, Al Aynga g‘alaba uchun kelganini yashirmadi.
- Ayni vaqtda har ikkala jamoa ham bir xil holatda va bir xil bosqichda. Shuning uchun biz ham raqib ham g‘alaba uchun maydonga chiqadi. «Bunyodkor»ni hurmat qilamiz. Raqib bosh murabbiyi nima deganini muhokama qilish niyatim yo‘q. 

- Braziliyalik hujumchining holati qanday?
- Uni jarohati bor edi, shuning uchun so‘nggi uchrashuvda maydonga tusha olmagandi. Ishonamanki, ertagacha jarohatidan qutiladi va bizga yordam beradi. Chunki u biz uchun juda muhim futbolchi. Lekin har qanday holatda ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga, bir o‘yinchiga bog‘lanib qolmaganimizni isbotlashga harakat qilamiz. Yana bir narsani qayd etib o‘tishim kerakki, ertanggi bahs biz uchun juda muhim. Shuning uchun muxlislarimizni bizni doimgidek stadionda qo‘llab-quvvatlaydi degan umiddaman. Sababi, biz aynan ularning olqishi bilan yanada kuchli jamoaga aylanamiz.

- Siz Joze Mourinyo qo‘l ostida Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqansiz. Bugun murabbiy sifatida Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etyapsiz. Nimalarni xis qilyapsiz?
- Aytishim mumkinki, Mourinyodan juda ko‘p narsa o‘rganganman. Undan o‘rgangan asosiy jihatlardan, doimo o‘zingni kuchli jamoa ekanligingni ko‘rsata olish. Ertaga ham biz shunday kuchli va katta jamoa ekanligimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Jamoada ish boshlaganimdan beri futbolchilarga shuni singdirishga harakat qilyapman. Katta jamoa bo‘lish uchun esa, albatta katta-katta musobaqalarda g‘alaba qozonish kerak. 

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 21:33, 27.01.2020.
O'qildi: 7466 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик