Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

«Bunyodkor» akademiyasi ikki yulduzli akademiya maqomini oldi

«Bunyodkor» akademiyasi ikki yulduzli akademiya maqomini oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2019 yilning 29 oktyabr sanasida Laslo Salai boshchiligidagi OFKning ishchi guruhi yurtimizga tashrif buyurib, «Bunyodkor» futbol akademiyasining bugungi kuni, faoliyati, murabbiylarning salohiyati, ish tartibi, mashg‘ulotlardan tortib, o‘quvchilarning bilim olish jarayoni bilan yaqindan tanishgandi.

Tanishuvdan asosiy maqsad akademiya ikki yulduzli maqomga loyiq ekanligini ko‘zdan kechirish edi. Kuni kecha ishchi guruhga rahbarlik qilgan Laslo Salai OFK «Bunyodkor» futbol akademiyasidagi yaratilgan sharoitlar akademiyaga ikki yulduzli maqomni berishga loyiq ekanligini tasdiqlanganini ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, OFK «Bunyodkor» akademiyasiga ikki yulduzli maqom berish bo‘yicha rasmiy hujjatni shu yilning fevral oyida topshirishni mo‘ljallamoqda

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, akademiyalar bo‘yicha eng yuqori maqom uch yulduzli hisoblanadi. Qatardagi «Espayr» futbol akademiyasi Osiyoda uch yulduz olgan akademiyalar qatoriga kiradi. Yevropada «Portu», «Ayaks», «Barselona» futbol akademiyalari uch yulduz maqomini olgan.

Yaponiyaning «Fukishima», Janubiy Koreyaning «Seul» jamoalarining akademiyalari Osiyodagi ikki yulduzli akademiyalardir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Bunyodkor» akademiyasi nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ikki yulduzli maqomini olgan ilk akademiyadir.

Aytish kerakki, bu maqom klub va akademiyada faoliyat yuritayotgan insonlarning mehnatiga berilgan asl bahodir. Ikki yulduzli akademiya maqomini olgan «Bunyodkor» futbol akademiyasi bundan keyin ham o‘zbek futboliga yulduzlarni yetishtirib berishda davom etadi.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 21:50, 27.01.2020.
O'qildi: 6362 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.