Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Javlon Ibrohimov: «Navbahor»ga sovrinlarni yutish uchun keldim»

Javlon Ibrohimov: «Navbahor»ga sovrinlarni yutish uchun keldim»

Baho:
+ | -

Tajribali yarim himoyachi Javlon Ibrohimov Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, undan u klub rasmiy veb-sayti uchun qisqacha intervyu berdi.

— Javlon, “Navbahor”ga xush kelibsiz! Sizni jamoaga kim taklif qildi?
— “Navbahor” klubi vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatov menga taklif bilan chiqdilar. Ular bilan suhbatlashganimda, jamoaning oldiga yangi mavsumda yuksak maqsadlar qo‘yilayotganligini ta’kidladilar.

Namanganga kelganimdan so‘ng, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbayevich Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov bilan ko‘rishib, suhbatlashdim. Ular ham bu yil “Navbahor” Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kurash olib borishi, shu maqsadda tarkib kuchaytirilayotganligini aytishdi.

Viloyat va klub rahbarlari tomonidan jamoaga katta e’tibor qaratilayotganligi, maqsad ulkanligini inobatga olgan holda, “Navbahor” bilan shartnoma imzolashga qaror qildim.

Xudo xohlasa, yangi mavsumda “Navbahor”ning g‘alabalariga o‘zimning munosib hissamni qo‘shaman, degan umiddaman.

— Jamoaning Turkiyadagi yig‘iniga qachon qo‘shilasiz?
— “Navbahor”ning Turkiyadagi yig‘iniga ertaga qo‘shilaman. Ertaga erta tongda Turkiyaga samolyotda parvoz qilaman.

— Futbolga qay tarzda kirib kelgansiz?
— Futbolchi bo‘lishimda dadam va to‘ng‘ich akamning hissalari katta. Ular mening futbolga qiziqishimni ko‘rib, qo‘llab-quvvatlashgan.

Shu darajaga yetishimda ularning ularning ulkan mehnatlari samarasi yotibdi. Fursatdan foydanib, otam hamda akamga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Futboldagi ilk saboqlarni esa “Chig‘atoy” futbol maktabida olganman.

— Ta’kidlaganingizdek, “Navbahor”ning oldiga bu yilgi chempionatda OCHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilmoqda va tarkib ham shunga yarasha kuchaytirilmoqda. “Bunyodkor” safida ko‘plab yutuqlarga erishgansiz hamda sovrinlarni yutish borasida ancha tajribalisiz. Yangi jamoangizda ushbu tajribangiz asqotsa kerak?
— Bo‘lmasam-chi! O‘zingizga ma’lum, futbolchilik faoliyatimning ko‘p qismi “Bunyodkor”da o‘tgan. Mazkur klub tarkibida ko‘plab yutuqlarga erishganman, jumladan, O‘zbekiston chempioni va vise-chempioni bo‘lganman, O‘zbekiston kubogi hamda superkubogini qo‘lga kiritganman, shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynaganman.

“Navbahor”ga ham ushbu niyatda, ya’ni sovrinlarni yutish uchun keldim. “Bunyodkor”dagi yutuqlarni “Navbahor”da ham takrorlash niyatidaman. Buni amalga oshirish uchun barcha jamoadoshlarim bilan bir yoqadan bosh chiqarib, bir tan, bir jon bo‘lib, chempionlikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib boramiz.

— Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
— Namangan futbolsevarlar viloyati va bu yerda millionlar o‘yiniga qiziqish kuchliligini juda yaxshi bilaman.

“Navbahor” muxlislaridan jamoamizni yangi mavsumda ham munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman. Biz esa ularning ishonchlarini oqlash, quvonch ulashishga harakat qilamiz.       

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:46, 28.01.2020.
O'qildi: 2741 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.