Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-0 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-0 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy - Liverpul
11/03 01:00 Atalanta - Bavariya
11/03 01:00 Atletiko - Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl - Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal

Maradonadan zargarona iqtiboslar

Maradonadan zargarona iqtiboslar

Baho:
+ | -

Diyego Maradona doimmo jurnalistlarning egn sevimli futbolchisi bo‘lib qolishi aniq. uning har aytgan so‘zlari OAV tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olibibgina qolmay, keyinchalik mashxur iqtboslarga aylanib ketadi. Bugun qahramonimiz tomonidan yangragan eng mashxur iqtiboslarni yodga olib o‘tamiz.

***

Pele barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisiman deyishdan charchagan kuniyoq o‘zi uchun qurgan muzeydan eksponsat sifatida joy oladi.

***

Onam meni doimmo dunyodagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaganlar. Men esa, hech qachon onamning so‘zini ikkita qilmaganamn!

***

Odamlar Bekham singari futbolchilardan dunyoda yuzlab topilishini tahmin ham qilishmagani aniq. O‘sha futblolchilar turli burchaklaridagi chang bosgan stadionlarda to‘p surishmoqda.

***

To‘pni rasvo qilib qo‘yishdan hech qachon qo‘rqmang.

***

“Real Madrid”ning muamosi shundaki, u yerdagi futbolchilardan tortib murabbiylargacha yulduzlardan iborat. Afsuski, har bir jamoada qora ishni qiluvchi futbolchilar bo‘lishi kerak.

***

Men Platinidan xat oldim. Unda sobiq futbolchi men haqimda hech qanday yomon so‘zlasrini aytmaganini tan oldi. Darrov undan barchaning oldida uzur so‘radim. Shunday bo‘lsada, Peledan hech qachon kechirim so‘ramayaman.

***

Nima bo‘lgan taqdirda ham. O‘grini tunab ketgan inson kechirishingiz uchun loyiq.

***

Yaxshiyam yer yuzida bir jinsli erkaklar mavjud. Ular barcha go‘zal ayollarni bizga qoldirib ketishmoqda.

***

Mening ismim dunyodagi eng mashxur insonlar qatorida tilga olingani bois, Amerikaning IMG kompaniyasi mualliflik huquqimdan foyalanish uchun 1 million yevro taklif qildi. Bir qarashda yengil pul, biroq kompaniya menga ikkinchi fuqorolik sifastida Amerika pasportini olishim kerakligini aytdi. Mening millatim tengsiz! Darrov ular bilan hamkorlikni to‘xtatdim. Nega deysizmi? Hech kimning o‘zimni argentinalikdek his etmasligim uchun pul taklif qilishga xaqqi yo‘q. shu yurt farzandi ekanligmini millionlarga ham alishmayman.

***

Murabbiylar hamma zamonlarda ham kelib ketishgan. G‘oliblar esa doimmo futbolchilar bo‘lib qolishadi.

***

Yaratgan egam o‘ziga yordam bergan insonlargagina yordam beradi.

***

Men qora yoki oq bo‘lishim mumki, lekin hech qachon kulrang bo‘lmayman.

***

Ayni damda shunday ingliz futbolchilari bor-ki, ular o‘z jamoalarida yulduz bo‘lishsada, mamlakatdagi muxlislar bu yigitlarni tan olmaydi. Ochig‘I  tushunturib berish juda mushkul.

***

Men maydonga tushishdan avval doimmo yaratgan egamni esga olaman. Agar bu ishni qilmasam, xuddi uni aldayotgandek o‘zimni yomon his qilaman.

 ***

Messini barcha iqtidorli deb ataydi. Bunga Shubham yo‘q, uni Messini Messi qilgan uning mehnatkashligi bo‘ladi. Bir razm soling, agar to‘p unda bo‘lsa, havfli vaziyat paydo bo‘ladi. To‘p uning sheriklarida bo‘lsa, Messi bo‘sh zonada paydo bo‘ladi va yana havfli vaziyat sodir bo‘ladi. Uning to‘p bilan munosabatda bo‘lishi san’at darajasida, biroq Messi aynan mehnatkashligi sababli o‘zini o‘zi kashf etgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 13:01, 31.01.2020.
O'qildi: 3075 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.