Kutilganidek, «Yuventus» yarim himoyaisi Emre Jan Dortmundning «Borussiya» klubi safiga o‘tdi. Dortmundliklar uni mavsum oxiriga qadar ijaraga olishdi.
«Biz bir nechta pozisiyada o‘ynay oladigan terma jamoa saviyasidagi futbolchini qo‘lga kiritdik. Texnikadan tashqari, Emre jamoa g‘alaba uchun irodaga ega bo‘lgan futbolchi hisoblanadi», – deya ta’rif berdi «Borussiya» sport direktori Maykl Sork.
Jan 2018 yilning yozida «Liverpul»dan «Yuventus»ga o‘tgan edi. Ushbu mavsumda futbolchi Italiya chempionati doirasida 8ta o‘yinda maydonga tushdi. Turinliklar uni Yevropa chempionlar ligasining qaydnomasiga kiritishmadi.