Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Davron Fayziyevdan anons: APLda «qo‘shnilar» jangi

Davron Fayziyevdan anons: APLda «qo‘shnilar» jangi

Baho:
+ | -

Anons qilmaganimga ham ancha bo‘ldi. Bugun qayta yo‘lga qo‘yamiz. Sabab ham arzigulik. APLda kun afishasi. "Lester" - "Chelsi". Bu klublar ayni vaqtda jadvalda yonma-yon ketishmoqda. Lekin bunga urg‘u bermagan bo‘lardim. Chunki o‘rtadagi farq — 8 ochko. Ha, Premyer liga yuqori pog‘onalarida ayni vaqtda zichlik kamaygan.

Klublar go‘yoki so‘nggi sprint oldidan kuch to‘playotgandek. "Lester" transfer qildi, himoyani kuchaytirdi. "Chelsi" qanday kuch to‘pladi? Hech qanday. Lempardni rahbariyat yolg‘izlatib qo‘ydi. O‘zi yosh murabbiy, shogirdlari ko‘pi yosh, shu joyida 1-2 top-o‘yinchi zarar qilmasdi. Buning ustiga transfer qilish huquqi klubga qaytarildi. Matbuot anjumanida ham Frenkidan asosan transferdagi passivlik borasida so‘rashdi. Natijada Lempard mavsumdagi eng qisqa konferensiya o‘tkazdi. U xafa. Klubdan, menimcha.

Bu mavsum "Chelsi"dan medallar kutish noto‘g‘ri, YECHL yo‘llanmasi yetarli. "Lester" esa Rodjers boshchiligida bronzaga qarab ketyapti. Bu murabbiy hali "Chelsi"ni yutmagan ekan. Bugun imkoniyati bor. Birgalikda ko‘ramiz!

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 09:16, 01.02.2020.
O'qildi: 4093 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик