Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi David Alaba "Mayns" (3:1) klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Oldimizda uzoq yo‘l turibdi. Biz o‘yindan o‘yinga kuchayib borish uchun harakat qilyapmiz. Mavsum yakunida eng yuqori pog‘onada bo‘lishni xohlaymiz", - Alabaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy sayti.













