Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Inglizcha “boltachopqi”dan kim omon chiqadi?

Inglizcha “boltachopqi”dan kim omon chiqadi?

Baho:
+ | -

APLda chempionlik uchun kurash tobora zerikarli ko‘rinish olayotgan bo‘lsada, elitada jon saqlab qolish uchun janglar qizg‘in tus olmoqda. Ayni damda chempionshipga ravona bo‘lish ostonasida turgan jamoalar va ularning imkoniyatlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

“Bourmunt” 26 ochko

 

Yanvar oyidagi mag‘lubiyatlardan so‘ng, jamoaning elitada jon saqlab qolishi biroz qiyinlashib qoldi. Gap shundaki, «Bourmunt» musobaqa jadvalining ikkinchi qismidagi raqobatchilari bilan o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi va o‘zini juda qiyin ahvolda qoldirdi. Ayniqsa, “Norvich”dan qabul qilingan mag‘lubiyat jamoadagi muammolarni yaqqol ko‘rsatib qo‘ydi.  Hujum chizig‘ida Solanke, King va Kalium singari ijrochilar birgalashib atigi 9 ta gol kiritdi xolos. “Bormunt” katta havf ostida bo‘lmasada, yaxshigina tavakkal qilmoqda.

“Aston Villa” 25 ochko

 

Bu klub mavsum oldi transfer kompaniyasida 160 million yevrodan voz kechganidan xabaringiz bor. Deyarli butun boshli jamoani yangilagan klubning uzoq tanaffusdan so‘ng APLda bir mavsum mehmon bo‘lgancha, yana chempionshipga qaytib ketishi juda achinarli bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsada, bu klubning oliy dvizionda jon saqlab qolish imkoniyatlari hali-hamon qolgan  to’rtta jamoanikidan ancha yaxshi. “AstonVilla” futbolchilari jamoaviy o‘yinda kuchli bo‘lmasada, nomdor ijrochilardan tashkil topgan. Birgina Jek Grilishning o‘zi kerakli natijani qayd etib berishi mumkin. Bundan tashqari, Din Smit shogirdlarining taqvimi chempionshipga da’vogarlik qilayotganlarnikidan yaxshiroq. To‘gri, ularga oson bo‘lmaydi, biroq jon saqlab qolish uchun imkoiyat chakki emas.

 

“Vest Hem” 24 ochko


“Bolg‘achilar” oktyabr oyida musobaqaning 5 pog‘onasida ketishayotgan edi. Barcha bu yil kuchli to‘rtlik uchun kurash olib borishini tahmin qilgan klub, marraga yaqinlashgani sari oqsashni boshlamoqda. Jamoa mavsum davomida Pelegrinini iste’foga chiqardi va Devid Moyesni olib keldi. Hozircha bu katta samara bergani yo‘q. Afsuski,  jamoaning musobaqani tark etish ehtimoli juda katta. Sababi, oldinda ularni “daxshat”li yettita tur (“Manchester Siti”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Vulverhempton”, “Tottenhem”, “Chelsi”) kutib turibdi. Agar, “bolg‘achilar” ushbu o‘yinlarda kichik sensasiya qayd etishmasa, ortga qadam tashlashga to‘gri keladi.

“Uotfurd” 23 ochko

 

Nayjel Pirsonning “Uotfurd”i musobaqani tark etishga loyiq emas, biroq murabbiy mavsum o‘rtasida postni qabul qilib oldi. Unga qadar Xavi Garsiya va Kike Sanches Flores “Uotfurd”ni botqoqqa botirib bo‘lgan edi. Pirson qo‘l ostida jamoa barchasini ajoyib boshlagan edi, lekin “Everton” va “Aston Villa”lardan qabul qilingan mag‘lubiyatlar vaziyatni chigallashtirib yubordi. Ingiliz murabbiysi vaziyatni o‘nglashga ulgurarmikan? Vazifani uddalash uchun qolgan 13 ta turning kamida 5 ta o‘yinid azafar quchish talab etiladi.

“Norvich” 18 ochko

Musobaqa startida “Manchester Siti”ni yenggan, “Arsenal”dan ochko tortib olgan “Norvich”ning kelajagi bundayu ko‘rinish olishini kim o‘ylabti deysiz? APLni tark etish uchun birinchi raqamli nomzodni juda tig‘iz taqvim kutib turibdi. Ochig‘i ularni faqat mo‘’jizagina APLda qolishini ta’minlashi mumkin. Oldinda 13 ta tur mavjud bo‘lib, Norvich bu o‘yinlarning kamida 6 tasini g‘alaba bilan yakunlashi shart. Aks xolda, jamoa kelasi mavsumni yana jonajon chempionshipda o‘tkazadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:56, 04.02.2020.
O'qildi: 6849 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.