Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Davron Umirov: «Lokomotiv»ga moslashishim uchun 1 hafta yetarli bo‘ldi»

Davron Umirov: «Lokomotiv»ga moslashishim uchun 1 hafta yetarli bo‘ldi»

Baho:
+ | -

“Lokomotiv“ futbolchisi Davron Umirov “Xo‘jand“ jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Bugun yigitlar yaxshi o‘ynadi. Bugun o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun g‘alaba juda kerak edi va bunga erishdik. “Xo‘jand“ ham yomon jamoa emas ekan. Ularning yig‘ilganiga ko‘p vaqt bo‘lmabdi. Ushbu jamoa ham o‘z o‘yinini topib olishi uchun vaqt kerak bo‘ladi. Asosiysi bugun bizga g‘alaba kerak edi.

— Jamoa bir necha o‘yinlarda gol kirita olmadi. Futbolchilar bundan tushkunlikka tushdimi?
— Yo‘q, tushkunlikka tushmadik. Shunchaki o‘z o‘yinimizni topa olmay qoldik. O‘zimizga ishonchni qaytarish uchun gollar kerak edi. Bugun mana gollar bilan g‘alabaga erishdik. Bundan buyog‘iga barchasi yaxshi bo‘lib ketadi.

— O‘z o‘yiningizdan qanchalik qoniqyapsiz?
— Bunisini bilmadim. Murabbiylardan xatolarimizni so‘rab olyapmiz, nazariy mashg‘ulotlarda ular barcha kamchiliklarni aytib berishmoqchi. O‘yinimiz o‘zgarmoqda. To‘p uzatishlar ham anchagina yaxshi bo‘lib qoldi, deb o‘ylayman.

— “Lokomotiv“ga kelganingizga ko‘p vaqt bo‘lmadi. Dastlabki taassurotlar qanday bo‘lmoqda?
— Barcha futbolchilar bir— biri bilan ahil va inoq, barcha bir oila. Yoshi katta futbolchilar o‘zlaridan kichkina futbolchilar nimadir so‘raganida o‘zini manmanlikka olmayapti. To‘g‘ri va chiroyli tushuntirib, hurmat bilan gaplashishyapti.

— Mavsum davomida asosiy tarkibda o‘ynab ketishingizga qanchalik darajada ishonasiz?
— “Lokomotiv“ning g‘alabalariga yordamimni bermoqchiman. Xudo xohlasa, hech kimni uyaltirib qo‘ymayman.

— Ushbu mavsum oldidan o‘z oldingizga qanday maqsadlar qo‘ygansiz?
— Birinchi navbatda, jamoaning manfaatlari. Ikkinchi yoki uchinchi o‘rin emas, faqatgina birinchi o‘rin haqida o‘ylaymiz. Shu orqali OCHLda yaxshi o‘yinlar ko‘rsatib, oldimizga yana— da katta maqsadlar qo‘yib boraveramiz.

— “Lokomotiv“ga ilk kelganingizdan beri kim bilan tezda chiqishib ketdingiz?
— “Lokomotiv“ga kelishimdan oldin ko‘plab futbolchilar bilan tanish edim. Barcha jamoadoshlarim bilan chiqishib ketishim uchun bir hafta yetarli bo‘ldi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 21:42, 04.02.2020.
O'qildi: 2420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик