Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Eren Derdiyo‘q: “Paxtakor”ga o‘z maqsadlariga erishishda yordam berishni xohlayman”

Eren Derdiyo‘q: “Paxtakor”ga o‘z maqsadlariga erishishda yordam berishni xohlayman”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

“Paxtakor”ning shveysariyalik yangi hujumchisi jamoamizga o‘tishi, dastlabki taassurotlari va “Sherlar” safidagi maqsadlari haqida intervyuda to‘xtalib o‘tdi.

- “Paxtakor”ning sizga qiziqishi to‘g‘risida qachon bildingiz?
Shota Arveladzening bu yerda ishlayotganini bilardim. Taklif haqida bilganimdan keyin bu menga qiziqarli tuyuldi. Chunki murabbiyning qanday futbolni yoqtirishi, ish uslubi va falsafasidan xabardorman. “Paxtakor” ishtirokidagi bir necha o‘yinlarni tomosha qildim. Jamoa o‘yinida o‘rnim bo‘lishi mumkinligini angladim va taklifni qabul qilib, “Paxtakor”ga kelishga qaror qildim.

- O‘zbekiston va “Paxtakor” haqida nimalarni bilardingiz?
Toshkent va mamlakat to‘g‘risida ba’zi narsalarni bilardim. “Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar ligasidagi ba’zi o‘yinlarini ko‘rgandim. Shuningdek, terma jamoaning Osiyoda kuchlilardan biri ekanidan xabardorman.

- Moslashish jarayoni qanday o‘tmoqda?
Juda yaxshi. Turk va o‘zbek mentaliteti o‘rtasida uncha katta farq yo‘q. Shuningdek, jamoadoshlarim ham birinchi kundanoq iliq munosabatda bo‘lib, tez chiqishib ketishimga yordam berishmoqda. Murabbiylar shtabiga ham o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoadoshlarim men turkcha gapirganimda tushuna olishadi, hozircha men o‘zbek tilini uncha tushunmayotgan bo‘lsam ham. Bunda tillarning o‘xshashligi yordam beradi. Ba’zi yigitlar bilan ingliz tilida muloqot qilaman. Tez orada o‘zbek va ruschani ham o‘zlashtiraman deb o‘ylayman.

- “Paxtakor” bilan maqsadlaringiz qanday?
Jamoaga qo‘limdan kelgancha yordam bermoqchiman. O‘zbekiston chempionati va kubok musobaqalarida g‘olib bo‘lishda hissa qo‘shish, Chempionlar ligasida oldimizga guruhdan o‘tish va turnirda imkon qadar yaxshi natija ko‘rsatish qo‘yilgan. Buni uddalashda yordam bermoqchiman. Shunday ekan, biz ushbu maqsadlar yo‘lida mehnat qilamiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 17:46, 05.02.2020.
O'qildi: 4253 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик