Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Kevin De Bryoyne “Liverpul” haqida qanday fikrda?

Kevin De Bryoyne “Liverpul” haqida qanday fikrda?

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” jamoasining yetakchilaridan biri Kevin De Bryoynening “BBCsport” nashri uchun bergan intervyusini taqdim etamiz.

- Yurgen Klopp haqida qanday fikrdasan? U bilan aloqalaring qanday?

- Men umrimning juda katta qismini futbolga bag‘ishladim. Bor e’tiborim shu sport turiga qaratilgan. O‘ylashimcha, Yurgen Klopp ham xuddi men singari futbol bilan tirik inson. U bilan aloqalarimiz juda ham yaxshi. U Dortmund jamoasini boshqarayotganida meni o‘z klubida ko‘rishni isatishini bir necha bor aytgan edi. Germaniyada ko‘plab jamoalar yuqori intensiv futbol o‘ynashga harakat qiladi. U “Liverpul” aynan yuqori intensiv futbolni singdirishga muvaffaq bo‘ldi. O‘ylashimcha APLda bunday o‘yin falsafasiga ega jamoa boshqa yo‘q.

- “Liverpul” jamoasida do‘stlaring bormi?

- Albatta bor. Masalan Divok Origi bilan birga “Genk” jamoasi akademiyasida tahsil olganmiz. Uylarimiz bir-biriga yaqin bo‘lgani bois uning ko‘chasidagi kichik stadionda birga to‘p tepib katta bo‘lganmiz. Shuningdek, uning otasi bilan ham juda yaqinmiz. U ham sobiq futbolchi. Boz ustiga, biz Belgiyya terma jamoasida ham muntazam birga to‘p suramiz. U APLga endi ko‘chib kelganida mintalitet borasida biroz qiyinchilikka uchradi. Endi esa, hammasi joyida.

- “Liverpul” qanday o‘yin uslubidan foydalanadi?

- Men futbol mutaxassisi bo‘lmasamda, imkon darajasida tushuntirib berishga harakat qilaman. “Liverpul”ning o‘yin uslubi yuqori tempni ushlab turuvchi va kurashuvchan futboldan shynashadi. Ular o‘yin boshidan oxiriga qadar raqibga bosimni kuchaytirib borishadi. Masalan, qanot himoyachilari o‘yin boshida himoyada harakatlansa, 60 daqiqalardan so‘ng, qanot yarim himoyachilariga aylanishiadi. Hujumchilar haqidaku gapirmasa ham bo‘ladi.

- Gvardiola sendan golli uzatma berishingni talab qiladimi?

- Men yarim himoyachi bo‘lganim bois, uchrashuvlarda turli vaziflar yuklatiladi. Pep mendan doimmo golli vaziyat yaratishimni talab qilmaydi. Ba’zan men himoyadagi harakatlarga e’tiborimni qaratsam, ba’zida qanotga yaqinroq joyda harakatlanishimni talab qilashadi. Umuman olganda hech qachon Gvardiola uzatmalar asoslanib meni maydonga tushurmagan. O‘z imkoniyatlarim bois, ko‘plab hujumlarni boshlab berishim mumkin. Afsuski, bu yarim himoyachilardan talab etiladigan eng muhim omil emas. Zamonaviy yarim himoyachi bir yo‘la bir nechta kuchli jihatlarga ega bo‘lishi kerak deb hisoblayman.

- Sen uchun nima muhim?

- So‘nggi yillarda o‘yinimdagi sermahsullik oshgani bois, ko‘proq e’tibor markazida bo‘lyapman. Bu meni sira quvontirmasligi aniq, biroq yoqmaydi ham demagan bo‘lar edim. Men uchun eng muhimi murabbiylar shtabi tomonidan berilgan vazifani ortig‘i bilan bajarish. Agar murabbiylar meni ortda to‘p surishimni istasa, men mavsum davomida gol kiritmay qora ishni qilishga ham tayyorman. Eng muhimi murabbiylar shtabi o‘yindan oldin bergan ko‘rsatmaga to‘liq amal qilish.

Manba: BBC sport
Kiritildi: 01:27, 06.02.2020.
O'qildi: 6166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.