Kirish Ro'yxatdan o'tish

"MYU" katta transfer amalga oshirishi mumkin

"MYU" katta transfer amalga oshirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi shu yozda Milan klubini tark etishi kutilmoqda.

Hujumchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy manzil sifatida «Manchester Yunayted» nomi tilga olinmoqda. Leauning shartnomasidagi tovon puli miqdori 175 million yevroni tashkil etadi. Biroq «Milan» o‘z futbolchisini taxminan 40 yoki 50 million yevro evaziga sotishga tayyor.

Joriy mavsumda Rafael Leau «Milan» safida barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «rossonerilar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. Hujumchi 2019 yilda «Lill»dan «Milan»ga 49 million yevro evaziga o‘tgan edi.

Kiritildi: 22:08, 18.04.2026.
O'qildi: 2570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик