Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

A seriya. «Lasio» 2-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatidan foydalana olmadi (videosharh)

A seriya. «Lasio» 2-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatidan foydalana olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yin bo‘lib o‘tdi. «Lasio» o‘z maydonida «Verona»ni qabul qilib, durangga imzo chekdi.

Rimliklar butun o‘yin davomida ko‘plab hujumlar tashkil qilib, raqib darvozasini ishg‘ol eta olishmadi. Birgina Luis Albertoning o‘zi raqib darvozasi ustunini 2 marta nishonga olgan bo‘lsa, uning ikkita xavfli zarbasini posbon qaytardi.

"Lasio" kecha g‘alaba qozonganida o‘z ochkolarini 52taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarilgan va "Yuventus" bilan farqni 2 ochkoga yetkazgan bo‘lardi. Ammo Simone Idzagi shogirdlari bu imkoniyatdan foydalana olishmadi.

Italiya A seriyasi, 17-tur
Lasio – Verona 0:0 (0:0, 0:0)
Lasio – Strakosha, Radu, Acherbi, Gabarron, Lassari (Marushich, 71), Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Lulich (Xoni Rodriges, 71), Leyva, Kaysedo (Parolo, 84), Immobile.
Verona – Silvestri, Rraxmani, Kumbula, Gyunter, Faraoni, Dzakkani, Lazovich, Verre (Esserik, 70), Pessina, Borini (Davidovich, 89), Velozu.
Ogohlantirishlar: Kumbula (23), Milinkovich-Savich (29), Xoni Rodriges (77), Radu (80), Rraxmani (86).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:00, 06.02.2020.
O'qildi: 3530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.