Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

O‘FA ishchi guruhi Toshkent viloyatida bo‘ldi

O‘FA ishchi guruhi Toshkent viloyatida bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hududlardagi bolalar-o‘smirlar sport maktablarining futbol bo‘limlari, futbol mahorat maktablari, ixtisoslashtirilgan futbol maktablarida mavjud shart-sharoitlarni yaqindan o‘rganish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash borasida ish olib bormoqda.

Respublikamizning barcha viloyatlarida bu boradagi mavjud vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqish maqsadida O‘FA mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Mutaxassislar dastlab Toshkent viloyatida bo‘lib, bolalar va o‘smirlar futbolidagi shart-sharoit, kamchiliklar bilan tanishib chiqishdi.

Dastlab O‘FA ishchi guruh Angren, Ohangaron hamda Olmaliq shaharlarida bo‘ldi. Shuningdek, O‘rta Chirchiq, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Nurafshon, Piskentga ham tashrif buyurilib, bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘limlarining ish-faoliyati, futbol to‘garaklarining zarur inventarlar bilan ta’minlanganligi, murabbiylarning zamonaviy metodlar asosida mashg‘ulotlar olib borayotgani o‘rganildi.

Yangiyo‘l tumanida joylashgan viloyatning asosiy futbol maskani bo‘lmish Futbol mahorati maktabi faoliyati atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ma’lumki, viloyat futbol assosiasiyalari joylarda mazkur sport turining rivojlanishiga bevosita mas’ul sanaladi. Shu boisdan ishchi guruh Toshkent viloyati futbol assosiasiyasining bugungi kundagi ish jarayoni, 2020 yilda amalga oshirilishi mo‘ljallangan rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Toshkent viloyatida o‘zbek futbolida o‘z mavqeyiga ega 2 ta professional futbol klub faoliyat olib boradi. Ayni vaqtda AGMK va “Metallurg” klublari yangi mavsumga tayyorgarlik olib borishmoqda. Ushbu klublarning stadionlari yangi mavsumga qay darajada tayyor ekani ham ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, stadionlarda VAR tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga baho berilib, zarur tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari Bekobodda bolalar futbolini rivojlantirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar doirasida “Metallurg” klubining akademiyasi uchun barpo etilgan yangi yotoqxona, ovqatlanish majmuasi hamda maydon ko‘zdan kechirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 15:44, 06.02.2020.
O'qildi: 2329 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик