Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

“SHo‘rtan” futbol klubida o‘zgarishlar davom etadi

“SHo‘rtan” futbol klubida o‘zgarishlar davom etadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Birinchiligi PRO-Liga “A”guruhida ishtirok etib kelayotgan G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi boshqaruvida yuz bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida yaqinda xabar berilgan edi.

Jumladan, klub bosh menejerligiga SH.YArulin tayinlangan bo‘lsa, “Oq bo‘rilar” bosh murabbiyligini A.Aliqulov qo‘lga oldi. Shamil Yarulin ayollar futbolida mamlakatimizning nomdor klublaridan biri “Sevinch” (Qarshi) hamda “Nasaf” jamoalari boshqaruvida samarali mehnat qilib tanilgan bo‘lsa, Asror Aliqulovga ham ortiqcha ta’rif berishning hojati yo‘q. Birgina o‘tgan mavsumda “Mash’al” jamoasi uning boshqaruvida yana Superligaga yo‘l olgani ko‘p narsadan dalolat berib turibdi.

“Sho‘rtan” matbuot xizmati xabariga ko‘ra,  G‘uzorda ham bolalar futbol Akademiyasi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu futbol maskaniga tajribali mutaxassislarni ishga taklif etish borasida ham jiddiy harakatlar amalga oshirilmoqda. O‘z davrining taniqli futbolchilari, keyinchalik shu sohada murabbiy va mutaxassis bo‘lib ish olib borgan Abdurahmon Yumangulov direktor, Ixtiyor Karimov esa uning yordamchisi vazifasiga tayinlanishdi.

A.YUmangulov mustaqillik davrining dastlabki yillarida “Mash’al” (Muborak) safida Qashqadaryo futbolini mamlakatimiz Oliy ligasiga ko‘tarilishida katta hissa qo‘shganligi bilan muxlislar e’tiboriga tushgan.

I.Karimov G‘uzor futbolining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Sho‘rtan” tarkibida, avval futbolchi keyin esa murabbiy, bosh murabbiy lavozimlarida munosib faoliyat ko‘rsatgan. Nafaqat g‘uzorlik, balki qashqadaryolik va qolaversa, Respublikamizning ko‘p ming sonli muxlislari yaxshi bilishadiki, 2017 yilgi futbol mavsumining birinchi davrasida Ixtiyor Karimov bosh murabbiyligidagi “Oq bo‘rilar” ketma-ket poytaxtning to‘rtta – “Lokomotiv” (2:0), “Paxtakor” (3:0), “Bunyodkor” (1:0) va “Obod” (2:0) kabi jamoalarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘z navbatida biz har ikki mutaxassisga mas’uliyatli vazifalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishlarini tilab qolamiz.

Manba: nnews.uz
Kiritildi: 11:19, 07.02.2020.
O'qildi: 5508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.