Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

«Navbahor» Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi

«Navbahor» Qozog‘iston klubi bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

O‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning “Navbahor” klubi mazkur yig‘in doirasidagi uchinchi nazorat-sinov bahsini 7 fevral kuni kuni Belek shahrida Qozog‘istonning “Jetisu” (Toldiqo‘rg‘on) jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Keskin kurashlar ostida kechgan mazkur o‘yinning birinchi bo‘limida "Navbahor"ning mahoratli yarim himoyachisi Abbos  G‘ulomov hisobni ochdi.

Biroq keyinchalik toldiqo‘rg‘onliklar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

Birinchi 45 daqiqalik yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida “Jetisu” a’zolari penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Ammo undan samarali tarzda foydalana olishmadi.

Natijada har ikki jamoa vakillari tanaffusga 1:1 hisobidagi durang bilan chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki klub tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Natijada o‘yin yanada hujumkor ruhda kechdi. Ammo yuzaga kelgan xavfli vaziyatlardan foydalana olmaslik natijasida hisob o‘zgarishsiz qoldi.          

Mazkur bahsda “Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi:

O‘tkir Yusupov, Tohir Shamsitdinov, Igor Golban, Xurshid Muxtorov, Mirzohid G‘ofurov, Islom Rashidxonov, Azimjon Ahmedov, George Andronik, Azizbek Turg‘unboyev, Abbos G‘ulomov, Didar Durdiyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroyev, Obid Jo‘raboyev, G‘iyosjon Komilov, Sardor Telyakov, Ivan Solovyov, Amirbek Jo‘raboyev, Islom Isoqjonov, Maksim Votinov.              

Shu tariqa, Andrey Kanchelskis shogirdlari Turkiyadagi uchinchi nazorat o‘yinida durangga erishishdi.

Eslatib o‘tamiz, namanganliklar oldingi o‘rtoqlik bahslarida  Turkmanistonning “Axal” klubini 1:0, Serbiyaning “Rad” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgandi. E’tiborlisi, Abbos G‘ulomov qatorasiga ikkita o‘yindan buyon gol urmoqda.     

“Navbahor” Turkiyada yana 3ta nazorat-sinov o‘yinlari o‘tkazadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:26, 08.02.2020.
O'qildi: 2730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.