Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

O‘FA ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi

O‘FA ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududlardagi bolalar-o‘smirlar sport maktablarining futbol bo‘limlari, futbol mahorat maktablari, ixtisoslashtirilgan futbol maktablarida mavjud shart-sharoitlarni yaqindan o‘rganish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash borasida ish olib bormoqda.

Shu maqsadda Respublikamizning barcha viloyatlarida bu boradagi mavjud vaziyatni to‘liq o‘rganib chiqish uchun O‘FA va sport vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi. Mutaxassislar bu gal Qoraqalpog‘iston Respublikasida bolalar va o‘smirlar futbolidagi shart-sharoit, kamchiliklar bilan tanishib chiqishdi.

Ishchi guruh Nukus shahri, shuningdek, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Chimboy, Bo‘zatov, Kegeyli, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Sho‘manoy, Amudaryo, Ho‘jayli, Taxiatosh hamda Ellikqal’a tumanlarida joylashgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari futbol bo‘limlarining ish-faoliyati, Futbol mahorat maktabining hamda mavjud futbol to‘garaklarining zarur inventarlar bilan ta’minlanganligi, murabbiylarning zamonaviy metodlar asosida mashg‘ulotlar olib borayotgani, mashg‘ulot va o‘yin maydonlari holati o‘rganildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assosiasiyasining bugungi kundagi ish jarayoni, assosiasiyaning yangi mavsumda amalga oshirilishi mo‘ljallangan rejalari bilan yaqindan tanishildi, uning ish faoliyati samaradorligini ta’minlash, hududda futbolni yanada ommalashtirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol assosiasiyasi ish salmog‘ini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:57, 08.02.2020.
O'qildi: 1969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик