Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Sayyoramizning eng katta maosh oluvchi murabbiylari bilan tanishing

Sayyoramizning eng katta maosh oluvchi murabbiylari bilan tanishing

Baho:
+ | -

Stadion.uz ayni damda futbol olamida eng katta maosh olayotgan murabbiylar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tadi.

 

Antonio Konte

Italiyalik murabbiy o‘zining maoshi borasida uzoq muzokaralar olib boraganidan xabaringiz bo‘lmsa kerak. Qiziqqon Antonioning “Inter”dagi oylik maoshi 1,38 million yevroni tashkil etmoqda. Bu yiliga 16,6 millionga teng. Hozircha, “Inter” “Skudetto” uchun kurashga jiddiy kirishgan. Agar, mavsum finishiga kelib, “Inter” “Yuventus”dan chempionlikni yulqib olsa, kelasi mavsumda Konte bilan tuzilgan shartnoma qayta ko‘rib chiqishili mumkin.

 

Zayniddin Zidan

“Qirollik klubi” ustozining Madridga qaytishi omadsiz ko‘rinish olgandek tuyulayotgan edi, biroq hammasi sekin-asta o‘z joyiga tushib bormoqda. Qayta qurishni amalga oshirayotgan Zidanning oylik maoshi 1,4 million yevroga teng. Fransiyalik murabbiyning yillik daromadi esa 16,8 millioni tashkil etmoqda.

 

Yurgen Klopp

So‘nggi mavsumlar davomida barchaning e’tibori va mehrini qozongan “Liverpul” ustozi maoshi borasida ham peshqadamlik qila olmaydi. Nemis mutaxassisining so‘nggi yillardagi zafarli yurishlariga qaramay, u sayyoramizning eng qimmat moashga ishalaydigan murabbiydan deyarli 3 barobar kamroq daromad olmoqda. Bugungi kunda Klopp uchun “Liverpul” yiliga 17,5 million yevro to‘lamoqda. Bu oyiga 1,46 millionga teng.

Joze Mourinyo

“Tottenhem” “Benazir”ni ko‘ndirish uchun uzoq muddat harakat qilishga majbur bo‘ldi. Klub rahbari Joze yordamida “Tottenhem”ning imidjini ham ko‘tarib olishni rejalashtirgan edi. Qaysidir ma’noda bunga ham erishga muvaffaq bo‘ldi. Bugungi kunda Jozening matbuot anjumanlari jurnalistlar bilan liq to‘la honalarda o‘tmoqda. To‘g‘ri, jamoaning natijalari ko‘ngildagidek emas, biroq “Tottenhem”ning ahvoli “Arsenal”nikidan ancha yaxshiroq. Ayni damda “shporlar” Jozenin hizmatlari uchun yiliga 17,5 million yevro to‘lashmoqda. Agarda, “Tottenhem: mavsum so‘nggida kuchli to‘rtlikdan joy olsa, bu summa yana katalishishi mumkin.

 

Pep Gvardiola

Ispaniyalik mutaxassis dunyoning eng qimmat murabbiyi sanaladi. To‘g‘ri, uning maoshidan ham kattaroq mo‘yona oluvchi mutaxassis mavjud, biroq Pepning istaklarini ro‘yobga chiqarish qo‘shimcha bir necha o‘n millionga tushadi. Masalan, u bir mavsumning o‘zida ikkita qimmat darvozabon olishi, ikki marotaba dunyoning eng qimmat himoyachisini xarid qilishi mumkin. Soddaroq qilib aytganda “erkatoy” murabbiy. Bugungi kunga kelib uning yilik maoshi 23,3 million yevroga teng. “Shaxarliklar” murabbiy uchun oyiga 1,94 million to‘labgina qolmay, uning juda katta shtabiga ham katta moash to‘lab kelishmoqda. Shunday bo‘lsada, Pepning Angliyadagi muvaffaqiyatlarini unutmaslik lozim. Aynan ispaniyalik murabbiy ichki birinchilikdagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan kamyob murabbiylardan biri.

Diyego Simione

“Atletiko Madrid” rahbarlari klubdagi asosiy yulduz murabbiy deb hisoblashadi. Jamoadagi asosiy futbolchilar ham murabbiy singari katta maosh olishmaydi. Yodingizda bo‘lsa, Simione YECHL finalida ikkinchi marotaba yengilganida, klubda ketmoqchi bo‘lgan edi. Pul tejash borasida professional “matraschilar” kam masaliq bilan shedevr taom tayyorlaydigan “oshpaz”ni qo‘yib yuborishni istamadi va uni eng katta maosh oluvchi murabbiyga aylantirishga qaror qilishdi. Darhaqiqat, yer yuzida birorta murabbiyning yillik maoshi 43 million yevroga teng emas. Argentinalik murabbiyning oyligi 3,6 millionga teng. Shunga qaramay, “Atletiko Madrid”dagi keskin ko‘tarilish davri uchun Simione juda katta hajmdagi ishni bajardi. Bu mavsumda ishlar yurishmayotgan bo‘lishi mumkin, biroq har qanday jamoada pasayish kuzatilishi tabiiy hol.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:23, 08.02.2020.
O'qildi: 13150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.