"Arsenal"ning sobiq murabbiyi Arsen Venger "Renn" klubi prezidentligiga nomzod, deb xabar beradi L'Equipe nashri.
Olivye Letang bu lavozimdan ketganidan so‘ng, klub egalari Fransua Pino va Fransua-Anri Pino 70 yoshli mutaxassisni ushbu lavozimga taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Venger FIFAning global futbolni rivojlantirish departamenti rahbari hisoblanadi.