Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Barselona” murabbiyi sobiq jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida nima dedi?

“Barselona” murabbiyi sobiq jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida nima dedi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Kike Setyen La Liganing 23-tur doirasida "Betis" klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Shubhasiz, bu uchrashuv men uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Men u yerda oddiy bo‘lmagan ikki yilni o‘tkazdim. Garchi u yerda yangi futbolchilar paydo bo‘lgan bo‘lsada, raqibni yaxshi bilamiz. Lekin raqibni yaxshi bilamiz deganimiz ularni nazorat qilamiz degani emas, albatta. Bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi. "Betis"da yomon natijalar bo‘ldi, lekin ular so‘nggi uy uchrashuvini ajoyib o‘tkazishdi. Biz o‘zimizning yaxshi tomonlarimizni ko‘rsatishimiz kerak", - dedi Setyen AS nashriga.

Kiritildi: 11:47, 09.02.2020.
O'qildi: 3295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.