Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Klopp “Liverpul”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi sirini oshkor qildi

Klopp “Liverpul”ning mag‘lubiyatsiz seriyasi sirini oshkor qildi

Baho:
+ | -

APLda mag‘lubiyatsiz chempionlik uchun odimlayotgan “Liverpul” jamoasi bosh murabbiyi klubning sobiq futbolchisi Piter Krauch bilan “BT Sport” nashri uchun kichik suhbat uyushtirdi.

- Bu yerga qaytish men uchun doimmo yoqimli. So‘nggi bor bu xonaga kirganimda meni Rafa( Rafa Benitez) kutib olgan edi. Bu yerda hammasi o‘zgarib ketibdi. Sizning g‘alabali seriyangiz barchani lol qoldirmoqda. “Enfild” chinakam qal’aga aylanib bormoqda. Aytingchi, doimiy g‘alabalar uchun futbolchilarni jangovarlik ruhini qanday saqlab turibsiz?

 

- Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, o‘zim ham tushunmayabman. Bu yerda o‘zim o‘ylab topgan va yigitlarga ko‘rsatgan mahsus rejaning o‘zi yo‘q. Bizga mashg‘ulotlar, futbolchilarning do‘stona aloqasi, ichki muhit va stadiondagi muhit yordam bermoqda. Agar siz ham shu omillarni bir yerga jamlasangiz, ajoyib jamoaga ega bo‘lasiz.

 

- Ayni damda jamoada hotirjamlik hukumronlik qilayotgandek. Siz APLda 3 mavsum g‘olib chiqishni uddalay olmaganingiz uchun bosimni his qilganmisiz?

 

-  Yo‘q. Hech qachon bosimni his etmaganman. Chempionlikni qo‘lga kiritadigan davrlarimiz kelishini bilar edik. Ochig‘i avval boshidan buni anglab turgan edik. Biz shartnoma tuzgan barcha futbolchilarningkelajakda chempion bo‘lishimizga iymoni komil edi. Biz jamoada muxlislarning orzularini ro‘yobga chiqarish uchun insonlarmiz. Bizdan avvalroq bir nechta buyuk futbolchi va murabbiylar chempionlik uchun harkat qilishgan, biroq bu ishni uddalay olishmagan. Shunga qaramay, ular afsona bo‘lib qolishdi. Har bir inson chempion bo‘lishni istaydi. Ular ham harakat qilishgan, biroq natija bo‘lmagan. Shung qaramay, “Liverpul” muxlislari qilingan mehnatni doimmo yuqori baholab kelishgan.

- Men ham bir paytlari “Liverpul” uchun ketma-ket 18 ta o‘yinda gol urishni uddalay olmaganman. O‘shanda meni muxlislar o‘ldirib qo‘yishga ham tayyordek tuyg‘uni his etgan edim. Omadsizliklarimga qaramay, klub menga ishondi va jamoada saqlab qoldi.

 

- To‘g‘risi, mening jamoamda bo‘lganingda, senga 18 ta o‘yinda gol kiritmaslikka imkon qoldirmagan bo‘lar edim.

 

O‘ylashimcha, siz allaqachon “Liverpul” afsonalaridan biriga aylanib bo‘ldingiz. Shunday bo‘lsada, APLdagi chempionlik sizni yangi darajaga ko‘tarilishingizga sabab bo‘ladi?!

 

- Nima deyishga ham hayronman. Men g‘alaba qozonganimizda xursand bo‘lmayman.  Faqat yengil tortganimni chuqur his etaman xolos. Meni maqtashganlarida g‘alati bo‘lib ketaman.

 

- Sovrinlaringizni qayerda saqlaysiz?

 

- Sovrinlarni salqashning eng yaxshi uslubi - ularni uyda xuddi kitoblar singri taxlab qo‘yish. Bu menga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Shu yo‘sinda ulardan qandaydir naf chiqarish mumkin. Aslida ularni qo‘lga kiritishingiz bilan sovrinlar o‘z kuchini yo‘qotadi.

 

- Bugungi kundagi “Liverpul” siz boshqargan jamoalar ichidagi eng kuchlisi deb hisoblaysizmi?

 

- Menga o‘zim ishlagan jamoalarni solishtirish umuman yoqmaydi. Sababi, ularning barchasini juda yaxshi ko‘ranman. Jamoalarimning barchasi o‘sish borasida juda katta qadam tashlashga muvaffaq bo‘lgani quvonarli. Shu jumladan futbolchilarda ham keskin o‘sish kuzatilgani rost. Masalan Mane hozir umuman boshqa futbolchi. Trend va Robertson haqida ham shunday deyish mumkin.

Bugun ko‘z oldingizda gavdalanayotgan “Liverpul” uzoq muddat olib borilgan katta hajmdagi mehnatning samarasi. Soddaroq qilib aytganda, bugungi futbolchilarning barchasida kerakli tajriba bor edi. Endilikda ular, bu tajribadan mukammal tarzda o‘sish va maydonda o‘zlarini yanada yaxshi his etish uchun foydalanishmoqda.

Manba: sports.ua
Kiritildi: 02:00, 10.02.2020.
O'qildi: 7843 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.