Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Milan derbisida «Inter»dan ajoyib «kambek» (videosharh)

Milan derbisida «Inter»dan ajoyib «kambek» (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A seriyaning 23-turi Milan derbisi bilan yakuniga yetdi. "San-Siro"da bo‘lib o‘tgan "Inter" va "Milan" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda muxlislar juda qiziqarli jangga guvoh bo‘lishdi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari "rossoneri" uchun juda omadli keldi. Dastlab Ibrahimovichning bosh bilan bergan uzatmasidan so‘ng Rebich bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi. Bu vaziyatda "Inter" posboni Xandanovich xatoga yo‘l qo‘ydi. Taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Zlatanning o‘zi bosh bilan "neradzurri" darvozasini zabt etdi.

Konte shogirdlari ikkinchi bo‘limda vaziyatni butunlay o‘zgartirib yuborishdi. Ayniqsa, taym boshida urilgan 2ta tezkor gol "Milan" futbolchilarini shoshirib qo‘ydi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida De Vrey o‘z imkoniyatidan samarali foydalanib, "Inter"ni oldinga olib chiqdi. "Milan" bu o‘yinda kamida durangga erishishi mumkin edi. Ammo 89-daqiqada Ibrahimovich bosh bilan yo‘llagan zarbadan so‘ng to‘p ustunga tegib qaytdi...

Qo‘shib berilgan daqiqalarda esa nominal mezbonlar qarshi hujumga o‘tishdi va Lukaku "rossoneri" darvozasiga to‘rtinchi golni urdi.

Shu tariqa, "Inter" o‘z ochkolarini 54taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Italiya A seriyasi, 23-tur
Inter – Milan 4:2 (0:2, 4:0)

Gollar: 0:1 – 40 Rebich, 0:2 – 45 Ibragimovich, 1:2 – 51 Brozovich, 2:2 – 53 Vesino, 3:2 – 70 de Vrey, 4:2 – 90+2 Lukaku.
Inter – Padelli, Godin, Shkrinyar, de Vrey, Yang (Biragi, 90), Brozovich, Barella, Kandreva (Mozes, 80), Vesino, Sanches (Eriksen, 72), Lukaku.
Milan – Donnarumma, Teo, Romanyoli, Kyer, Konti, Bennaser, Kessie (Lukas Paketa, 81), Kastilyexo (Rafael Leau, 80), Chalxanoglu, Ibragimovich, Rebich (Bonaventura, 84).
Ogohlantirishlar: Vesino (47), Barella (55), Shkrinyar (55), Kessie (62), Konti (79), Lukaku (90+3).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:27, 10.02.2020.
O'qildi: 7796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.