Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

“Liverpul” Koutinyoni ortga qaytarishga harakat qilib ko‘radi

“Liverpul” Koutinyoni ortga qaytarishga harakat qilib ko‘radi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Kataloniyaning “Barselona”klubi braziliyalik yarim himoyachi Koutinyoni 80-90 million yevroga sotmoqchi.

Leverkuzenning “Bayer” klubi futbolchisi Kay Xavers yozgi tranfer bozorida “Liverpul”ning asosiy maqsadi bo‘lib turibdi. Agar “Liverpul” ushbu transferni amalga oshira olmasa, u holda Filippe Koutinyoni ortga qaytarishga harakat qilib ko‘radi deya xabar tarqatmoqda AS nashri.

27 yoshli Koutinyo “Liverpul” tarkibida 5 yil to‘p surdi va superyulduz darajasiga chiqdi. 2018 yilning qishida esa braziliyalik futbolchi 145 million yevro evaziga “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi.

Biroq, Filippe “Kamp Nou”da ochilib keta olmadi va Myunxenning “Bavariya” klubiga ijaraga berib yuborildi. “Bavariya” Koutinyoni 120 million yevroga sotib olish huquqini o‘zida saqlab qolgan, biroq, germaniyaliklar bu imkoniyatdan foydalanish niyatida emas.

Kiritildi: 17:20, 10.02.2020.
O'qildi: 5460 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик