AQSHning «Inter Mayami» klubi xo‘jayini Devid Bekxem Neymar bilan uchrashuv chog‘ida u bilan kelajakda hamkorlik qilishga rozi bo‘lishiga majbur qilganligi haqida aytib o‘tdi.
«Bizda katta imkoniyatlar bor. Biz endi ishtirokni boshlayapmiz, lekin bizning jamoaga bo‘lgan qiziqish yuqori.
Men Neymar bilan gaplashdim. U bilan uchrashgan zahotim mening jamoam bilan shartnoma imzolashiga va’da berishini so‘radim. Albatta, bu hozir amalga oshmaydi. Taxminan 10 yillar keyin. Men unga ko‘p mablag‘ to‘lay olmasligimiz haqida ogohlantirdim», — dedi Bekxem.