Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 0-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 2-0 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 2-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Anchelotti “Everton”ni nima uchun qabul qilganini aytdi (intervyu)

Anchelotti “Everton”ni nima uchun qabul qilganini aytdi (intervyu)

Baho:
+ | -

Stadion.uz taniqli murabbiy Karlo Anchelottining “Everton” jamoasidagi rejalari va kelajagi borasidagi fikrlari aks etgan intervyuni taqdim etadi.

Bu klubda barcha bir oiladek. Klub strukturasida hizmat ko‘rsatayotganlarning aksariyati jamoaning ashaddiy muxlislaridir. Bundan tashqari, klub muxlisalari jamoa futbolchilari bilan juda yaqin munosabatda. Biz bir oilamiz…

 

- O‘z faoliyatingiz davomida “Real Madrid”, “Milan”, “Yuventus” va “Chelsi” singari grand jamoalarni boshqaransiz. Aytingchi, nimcuchun “Everton”ni tanladingiz?

 

- Liverpul shaxri jamoasidan tushgan taklif men uchun chinakam qulay imkoniyat edi. “Everton” o‘ziga hos tarixi va maqsadlariga ega jamoa.

 

-Ayni damda jamoaning oldiga qo‘ygan uzoq muddatli rejasi bormi?

 

- Albatta bor va juda ham oddiy. Birinchi navbatda, klub yangi stadion quradi. Shu o‘rinda klub egalar oldiga katta maqsadlar qo‘yganini ham aytib o‘tish joiz. Biz yangi stadionga ko‘chib o‘tgunga qadar, APLda sovrinlar uchun kurash olib borishga qodir uyushqoq jamoani yaratishimiz kerak. Rejalarimiz amalga oshsa, “Everton” tez orada Yevropadagi grandlar bilan raqobat hosil qilishga qodir jamoaga aylanadi.

 

-Menimcha, jamoaning ayni damdagi tarkibi bunga qodir. Masalan, Risharilson, Pikfod, Kin, Koulgeyt singari iqtidorlaga ega jamoaga yulduzlarni jalb etish shart emas deb xisoblayman. Biz o‘z qo‘limizdagi futbolchilarni yulduzga aylantirishimiz kerak. Ular klub singari o‘sib borishlari shart.

 

-Sizni barchamiz o‘zini har qanday vaziyatda bosib turuvchi inson sifatida yaxshi taniymiz. Aytingch, asablaringiz dosh bermaydigan holatlar ham uchrab turadimi?

-Hozirgi ish o‘rnimda bunday holat kuzatilgani yo‘q, biroq “Chelsi” bilan bunday voqeya yuz bergan edi. Biz mag‘lub bo‘layotgan edik. Ochig‘i, u paytlari hali ingliz tilida yaxshi so‘zlasha olmas edim. Shunga qaramay, kiyinish xonasida yigitlarga: “hozir men italiyancha baqiraman, ma’nosni tushinib yetmasligingiz mumkin, lekin ishoning men sizlarga yaxshi gaplarni aytmoqchi emasman”,- degan edim.

 

-YAngi jamoangda sizni nima oldinga boshlamoqda?

 

-Birinchi navbatda, bu jamoaning o‘z o‘yin g‘oyasi bo‘lishini istayman. Birorta mashxur yoki yetakchi futbolchiga bog‘lanib qolmagan o‘yin uslubini yaratish borasida ishlayapmiz. Men maydonga tushirayotgan futbolchilar maydonga tushgach, nima qilish kerak ekanligini bilishlari kerak. Jamoa o‘z o‘yinlari bilan muxlislarga quvonch ulashishlari ham juda muhim. Mening va murabbiylar shtabining asosiy ish rejasi shu omillarni o‘z ichiga qamram oladi.

 

-Everton” bir necha yildan so‘ng, qanday tasavvur qilasan?

 

-Klub keraklicha vaqtdan so‘ng, Yevropada o‘z o‘rniga ega jamoaga aylanishini tahmin qilyapman. Yangi stadion va juda ko‘p kuylovchi muxlislar qurshovida harakat qilayotgan futbolchilar. Ayni damda bu mening orzularimga aylangan desam, adashmagan bo‘laman.

Manba: BBC sport
Kiritildi: 16:50, 12.02.2020.
O'qildi: 3745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.