Italiyaning «Napoli» klubi himoyachisi Kalidu Kulibali Italiya Kubogi ½ final bosiqchida “Inter” klubiga bo‘lib o‘tadigan dastlabki uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Football Italia portalining tasdiqlashicha, murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, futbolchi hordiq uchun ruxsat so‘ragan. U jarohatidan keyin «Napoli» tarkibida «Lechche» (2:3) klubiga qarshi maydonga tushgan edi.
Murabbiylar shtabi Kulibali hali o‘zining sport formasiga kira olmaganligi sababli, “Inter” klubiga qarshi bo‘ladigan dastlabki uchrashuvda unga dam berishga qaror qilishdi.













