Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

OCHL. "Paxtakor"ning navbatdagi raqibi "Shahr Xodro" haqida

OCHL. "Paxtakor"ning navbatdagi raqibi "Shahr Xodro" haqida

Baho:
+ | -

"Paxtakor"ning Chempionlar ligasi 2-turidagi raqibi bilan yaqindan tanishtirib o‘tamiz.

To‘liq nomi: "Shahr Xodro" futbol klubi
Laqabi: "Xuroson sultonlari"
Tashkil etilgan yili: 2013
Stadioni: "Imom Rizo", 27700 o‘rindiqli
Bosh murabbiyi: Stefane Enri (Italiya)

"Shahr Xodro" futbol klubi unchalik katta tarixga emas. Bu jamoa 2013 yil Mashhad shahrida "Padideh Mashhad" nomi bilan tashkil qilingan. Keyinchalik nomi o‘ziga egalik qiluvchi kompaniyalar guruhi nomiga mos qilib o‘zgartirilgan. 2013 yilgacha jamoa "Mes Sarchashma" nomi bilan atalib, boshqa shahar sharafini himoya qilgan. So‘ng klubda o‘zgarishlar ro‘y bergan va yangi jamoaga Mashhad shahrida asos solingan.

Avvalgi mavsumda Eron chempionatida 4-o‘rinni egallagan "Shahr Xodro" Chempionlar ligasining saralash bosqichidagi g‘alabalar yordamida nufuzli musobaqada Eron nomidan qatnashadigan 13-klubga aylandi. Jamoa hozirgacha yuqori darajadagi sovrinlarni qo‘lga kiritmagan. Joriy mavsum Eron chempionatida mashhadliklar 19 o‘yinda 32 ochko to‘plagan holda 5-pog‘onada borishmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi italiyalik Stefane Enri futbolchilik faoliyatida Fransiya, Shvesiya va Shveysariya klublari safida o‘ynagan. Murabbiylik ishini Italiya klublarida boshlagan Enri keyinchalik Kongo terma jamoasini boshqargan. Keyinchalik Bolgariya, Liviya, Saudiya Arabistoni, BAA, Falastin, JAR, Kipr va Angliya klublarida faoliyat yuritgan. "Vulverxempton"da bir mavsum yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. Shu yilning yanvar oyidan boshlab "Shahr Hodro"ni mahalliy mutaxassis Mojtaba Sarosiyoiy bilan boshqarib kelmoqda.

Jamoa tarkibi asosan mahalliy futbolchilardan iborat. Birgina legioner ukrainalik Miroslav Slavov Chempionlar ligasi o‘yinlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Darvozabonlar
1. Mahdi Rahmati
22. Muhammadjavod Kia

Himoyachilar
2. Muhammad Aqajanpur
3. Ali Ne’mati
4. Hussayn Moradmand
5. Farshad Faraji
17. Hasan Ja’fari
27. Muhammadali Faramarzi
66. Muhammad Muhammadzoda

Yarim himoyachilar
8. Akbar Sodig‘i
9. Amin Qaseminajod
11. Hussayn Mehribon
15. Milad Sarlak
16. Alirizo Asadabadi
18. Ali Taheran
78. Amirhassan Ja’fari
80. Ruholloh Sayfuolloh
88. Ali Nabizoda

Hujumchilar
7. Muhammad Qozi Najafabadi
10. Miroslav Slavov (Ukraina)
14. Omid Mansuri
20. Muhammadrizo Xalatbari
21. Said Sodig‘i
76. Murtazo Xurosoni

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 21:08, 13.02.2020.
O'qildi: 6844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.