Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

SSKA sobiq prezidenti: "Finaldan oldin hakamlarga 5000 dollardan berganmiz”

SSKA sobiq prezidenti: "Finaldan oldin hakamlarga 5000 dollardan berganmiz”

Baho:
+ | -

Moskvaning SSKA klubi sobiq prezidenti Shaxrudi Dadaxanov 2000 yilgi Rossiya Kubogi finalidan oldinga ziddiyatli vaziyatni aytib berdi.

"Ehtimol, Levnikov bilan qo‘l berib ko‘rishmasman. Undan haliyam xafaman. Qaysi o‘yin uchun? 2000 yil, SSKA - "Lokomotiv", Rossiya Kubogi finali. “Lokomotiv” klubi prezidenti Valeriy Filatov bilan o‘yindan oldin uchrashuvni odilona boshqarishi uchun uchrashuv bosh hakami Levnikovga 5000 AQSH dollaridan berish borasida kelishib olgandik. U bo‘lsa... Uchrashuvning 12-daqiqasidayoq Maksim Bokovni maydondan chetlatdi! To‘g‘ri, o‘yin qoidasi buzilgan edi, lekin qizil kartochkaga tortadigan vaziyat emasdi. Levnikov sariq kartochka ko‘rsatsa bo‘ladigan vaziyat edi. U juda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. Biz o‘yindan keyin hakamga e’tirozimiz borligini o‘yin qaydnomasiga kiritgandik, hakamlar-eskpert komissiyasi bizning e’tirozimizni qabul qilgan va Levnikovni hakamlikdan chetlatgandi– deya xotirladi Dadaxanov.

2000 yilgi Rossiya Kubogi finalining asosiy taymlari 1:1 hisobida yakuniga yetgan, qo‘shimcha bo‘limlarda esa "Lokomotiv" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 17:27, 14.02.2020.
O'qildi: 8825 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.