Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Xayrulla Hamidov maqolasi: «O‘yin»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «O‘yin»

Baho:
+ | -

Sharof Boshbekovning “O‘yin” asari bor, filmini ko‘rgansiz – qimorga kirib qolgan qahramonning ustida tog‘asi uyushtirgan “ish”, esingizda bor, a?! “Gollivud”ning “O‘yin”i ham borki, uning oxirida voqea to‘qilgan bo‘lib chiqadi. Qahramonning hayotiga intriga olib kirish uchun.

O‘zim ishonmaymanu, voqea oxirida bu “Manchester Siti” shayxlarining jamoani uyg‘otish uchun uyushtirgan “ishlari” bo‘lib chiqsaya? Ham sadoqatli futbolchilarni aniqlab olish uchun yaxshi variant:)

Kulmang, yigitlarni “Real” bilan o‘yindan oldin borini tashlashga taklif etish uchun zo‘r g‘oya aslida. Shuncha yil yevrokuboklar uchun kurash olib borgan “shaharliklar” mana shunday og‘ir paytda birlashadilar va qo‘rqinchli raqibni maxv etadilar. “Real”dan o‘tib olsa, ishonavering, chempionlik yo‘lida boshqa motivasiyaning-da keragi yo‘q. Pep oxirigacha shu o‘yinni eslatib olib bora oladi.

Va YECHL kubogi zabt etilgach, apellyasiya javoblari chiqadi, unga ko‘ra “Manchester Siti” UYEFAni yutib chiqadi. Jarima pulini esa shayx Mansur kubok uchun to‘lov deb e’lon qilib qo‘yaveradi. Qalay ssenariy?!

Albatta, ish o‘ylaganimizdan-da chigalroq. Oxirigacha bormay turib bu “o‘yin”ning maqsadini tushuna olmaymiz. Lekin anig‘i shuki, APL ulashayotgan shiddat ikki karra oshganiga kafolat bor:

Yakshanba oqshomida efirga uzatiladigan “Aston Villa” – “Tottenhem”, “Arsenal” – “Nyukasl” va dushanba tunining bezagi “Chelsi” – "MYU" bellashuvlari darajasi o‘sha “bo‘sh joy” hisobiga dahshatli ko‘rinish olmoqda.

“Manchester Siti” atrofidagi gap-so‘zlar nafaqat APLning, balki boshqa diyorlarning top klublarini-da uyg‘otib yubordi. Gvardiola va yulduz o‘yinchilarning xaridi masalasi ko‘tarilyapti hozirdan. Sadoqatli yigitlar bormi, ko‘ramiz, deydiyu...

Shunday paytda UYEFA shu qarorini aynan hozir chiqargani ham yaxshi bo‘ldimi deb qo‘yadi odam...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 11:30, 16.02.2020.
O'qildi: 4783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.