Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Paxtakor" Moskvada "Spartak" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

"Paxtakor" Moskvada "Spartak" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

22 fevral kuni "Paxtakor" Rossiyaning eng sovrindor klubi "Spartak" bilan Moskvada o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

"Spartak" futbol klubi "Paxtakor"ga o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish yuzasidan chiqqan murojaatiga klubimiz rahbariyati tomonidan ijobiy javob qaytarildi va o‘rtoqlik bahsini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Rossiyaning eng mashhur jamoasi sanalgan "Spartak" hozirga qadar 10 marta mamlakat chempioniga aylangan, 12 bor SSSR chempionatida g‘olib chiqqan. Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Domeniko Tedesko shogirdlari bilan bellashuv O‘zbekiston superligasi o‘yinlarini boshlashdan avval va Chempionlar ligasining navbatdagi bahslariga hozirlik ko‘rishda jamoamizga asqotishi tabiiy. O‘z mamlakatlarining eng sovrindor klublari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘ziga xos intrigani keltirib chiqaradi.

O‘yin 22 fevral, shanba kuni Moskvadagi "Otkritiye Arena" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 11:16, 17.02.2020.
O'qildi: 4655 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик