Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Xayrulla Hamidovdan anons: «Siti»ga rahmat, Manchesterning qizil tomoniga umid ulashdi!

Xayrulla Hamidovdan anons: «Siti»ga rahmat, Manchesterning qizil tomoniga umid ulashdi!

Baho:
+ | -

“Manchester Siti”ning ikki yilga yevrokuboklardan chetlatilishi va davomidan APLda ham ochkolar olib tashlanishi mumkinligi haqidagi xabarlar chiqqach, Tumanli Albionning bir yo‘la beshta jamoasi qimirlab qoldi.

“Shaharliklar”ning bo‘sh joyi uchun kurash boshlanib ketdi.

Bu borada birinchi muvaffaqiyatsizlik “Vulverxempton” klubidan bo‘ldiki, “bo‘rilar” uyida “tulkilar” ustidan g‘alaba qozona olmay, beshinchi o‘ringa boshqa klublarni qo‘yib yubordi.

“Uhu” deb pistirmadan chiqib kelgan yovdek “Tottenhem” bu o‘rinni zabt etib turibdi hozirda. Son “taqachilar” ochkosiga uch sonini qo‘shib qo‘ydi va “Sheffild”ni oltinchi o‘ringa tushirib yubordi.

“Everton”ga vaqt bor hozircha bu hududga, lekin keyingi turdan Anchelotti ham aralasha boshlaydi, ko‘rasiz. Xo‘p, yana kim bor da’vogarlardan?

Albatta, “Manchester Yunayted”! Ha, Sulsher shogirdlari ayni paytda 9-o‘rinda, biroq birgina g‘alaba bilan “Sheffild”ning yoniga borib joylashadilar va Maur jamoasidan bir o‘rin va bir ochko ortda bo‘lib qoladi. Qalay?!

Gap endi “Chelsi”da qolgan. Londonliklar uylarida yaxshi o‘ynay olishmayotgani, mavsum davomida ikki marta "MYU"ga imkoniyatni boy berishgani Lempardga ta’sir qilgani aniq, bu fakt bilan “qizil iblislar”ga oson bo‘lmaydi, deya olamizmi, keling, statistikadan izlaylik javoblarni:

Jamoalar o‘rtasini olti ochko ajratib turibdi, bu katta farq emas.

London superklubi so‘nggi yetti o‘yinning oltitasida gol o‘tkazgan, uyida ko‘proq – yomon tomoni...

Kepa va Kabalyero o‘rtasidagi tanlov, himoyadagi muammolar “Chelsi”ning bosh og‘rig‘i. Lekin Manchester klubining ham mehmon o‘yinlarda yomon statistikasi borki, klub 2020 yili raqib uyida birorta gol urmadi hali. So‘nggi besh bahsda birgina gol urganini hisobga olsak, o‘zi bugun nima qilmoqchi?!

Dushanba kuni odatda o‘yinlar bo‘lmaydi. Lekin bu superbahs YECHL pley-off o‘yinlaridan oldingi ajoyib tortiq. Shuning uchun bugungi tuningizni ham Futbol TV kanalida efirga uzatiladigan o‘yinga bag‘ishlang! Hozirdanoq ishontirib aytamanki, ARZIYDI...

01:00dan boshlab birgamiz.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 15:35, 17.02.2020.
O'qildi: 7895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.