Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/05 20:30 Yaponiya 1-0 O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza 1-2 Monpelye
03/05 23:45 Torino 0-0 Bolonya
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada

Madridda "Real"ga gol urgan rossiyaliklar

Madridda "Real"ga gol urgan rossiyaliklar

Baho:
+ | -

Kecha La Liganing navbatdagi turida "Real" "Selta"ni qabul qildi. Vigoliklar safida rossiyalik hujumchi Fyodor Smolov hisobni ochdi. Xo‘sh, Madridda yana qaysi rossiyalik futbolchilar "Real"ga gol urishgan? Quyida shu haqda gaplashamiz. 

Igor Korneev

1992 yilning noyabrida «Espanyol» «Real»ga «Santyago Bernabeu»da mag‘lub bo‘ladi (1-3). Birinchi golni esa rossiyalik yarim himoyachi Igor Korneev 32-daqiqada kiritadi. U ikkinchi bo‘limda zaxiraga olinadi.

Dmitriy Radchenko

Rossiyalik hujumchi ketma-ket ikki mavsumda "Real" darvozasini ishg‘ol qiladi. 1993 yilda "Rasing" safida Madridga tashrif buyuradi. 39-daqiqada gol urib, jamoasini oldinga olib chiqadi, ammo yakunda jamoasi mag‘lub bo‘ladi.

1995 yilda esa "Rasing" "Real"ni mag‘lub etadi. Bu o‘yinning 52-daqiqasida Radchenko "Barselona"ning hozirgi ustozi Kike Setyenning uzatmasidan keyin hisobni tenglashtiradi. 80-daqiqada esa Dmitriy Popovning goliga assistentlik qiladi. Shuningdek, Radchenko Chempionlar kubogida "Spartak" safida "Real" darvozasiga ikkita gol urib, dubl qayd etgan.

Dmitriy Popov
«Rasing» safida yarim himoyachi Popov 1994/1995 yillardagi mavsumda ikki marta gol urgan. Birinchi marta Santander klubi Madridda yengilgan – 1:3. Dmitriy 60-daqiqada gol urib, 2:0 hisobini 2:1 ko‘rinishiga keltirgan. O‘z uyida esa «Rasing» «Real»ni xuddi shu hisobda mag‘lub etgan. Popov 64-daqiqada golli uzatmani amalga oshirgan, keyin esa Radchenkoning uzatmasidan keyin jamoasining 3-golini kiritgan. 

Oleg Salenko
Salenko 1994 yilda Ispaniya kubogi 1/8 finali birinchi o‘yinida "Real" darvozasiga ikkita gol urgan. Salenkoning gollari «Valensiya»ga «Santyago Bernabeu»da 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etgan. Aslida, Madrid klubi Raulning golidan keyin hisobni ochgandi, ammo Salenko 27 va 55-daqiqalarda gol urib, jamoasiga 3 ochko taqdim qilgan.

Valeriy Karpin

"Rostov"ning hozirgi murabbiyi Valeriy Karpin ham «Real» darvozasiga gol urgan. 1996/1997 yillardagi mavsumda "Santyago Bernabeu"da "Valensiya" "Real" bilan to‘qnashadi. Shu o‘yinda Karpin 9-daqiqada hisobni ochadi. Ammo yakunda "ko‘rshapalaklar" 2:4 hisobida yengiladi. 2003/2004 yillardagi mavsumda esa "Real Sosyedad" sharafini himoya qilgan Karpin "Real" darvozasiga yana gol urishni uddalaydi. Bu gol esa jamoasiga g‘alaba keltiradi.

Dmitriy Cherishev
Denis Cherishovning otasi — Dmitriy Cherishov «Real»ga gol kiritgan. «Santyago Bernabeu»dagi o‘yinda uning jamoasi 1:3 hisobida yutqazgan. Bu voqea 1997 yilning may oyida sodir bo‘lgan bo‘lib, u Xixonning "Sporting" klubi sharafini qilgan. Dmitriy Madriddagi o‘yinning 9-daqiqasida hisobni ochgandi.

Vladimir Beschastnix
"Rasing"da o‘ynagan rossiyalik hujumchi ketma-ket uch yil "Real" darvozasini ishg‘ol etgan. 1996/1997 yillardagi mavsumda u Santanderdagi o‘yinning 70-daqiqasida gol kiritadi. 1997/1998 yillardagi mavsumda «Santyago Bernabeu»dagi o‘yinning 81-daqiqasida ham gol uradi. 1998/1999 yillardagi mavsumda Beschastnix Madridda "Real" darvozasiga yana to‘p kiritadi. Uning goli "Rasing"ni mag‘lubiyatdan saqlab qoladi.

Aleksandr Mostovoy
"Selta"da o‘ynagan Mostovoy "Real"ga qarshi o‘yinlarda eng samarali natija qayd etgan rossiyalik futbolchi hisoblanadi. 1997/1998 yillardagi mavsumda yarim himoyachining dubli Vigoda "Real" ustidan g‘alaba keltiradi — 2-1. 1998/1999 yillardagi mavsumda «Selta» "Real"ni 5:1 hisobida yengadi. Mostovoy jamoasining 4-goliga mualliflik qiladi. 2002/2003 yillardagi mavsumda esa «Santyago Bernabeu»da durang qayd etiladi (1:1). Rossiyalik futbolchi 34-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqqandi.

Dmitriy Xoxlov

«Real Sosyedad» yarim himoyachisi Xoxlov La Ligada "Real" darvozasiga ikkita gol urgan. 2001/2002 yillardagi mavsumda birinchi davrada Madridda rossiyalik futbolchi hisobni ochadi. Ammo uning jamoasi mag‘lub bo‘ladi — 1:3. San-Sebastyanda esa "Real Sosyedad" revansh olishni uddalaydi – 3:0. Xoxlov 84-daqiqada juda chiroyli gol muallifiga aylanadi.

 

Manba: championat.com
Kiritildi: 17:07, 17.02.2020.
O'qildi: 5532 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.