Kirish Ro'yxatdan o'tish

OCHL. «Al-Hilol» ham ikkinchi g‘alabaga erishdi

OCHL. «Al-Hilol» ham ikkinchi g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi "V" guruhi jamoalari ishtirokidagi 2-turning yana bir o‘yini yakunlandi. Birlashgan Arab Amirliklarining "Shabab al-Ahli" klubi o‘z uyida Saudiyaning "Al-Hilol"ini qabul qildi.

Bahsning 24-daqiqasida Yusuf Jobir mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib Bafetimbi Gomis muvozanatni tikladi.

O‘yin tugashiga 18 daqiqa qolganida esa 34 yoshli fransiyalik futbolchi "Shabab al-Ahli" darvozasiga g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Al-Hilol"ning ochkolari ham 6taga yetdi. To‘plar farqiga ko‘ra "Paxtakor" guruh peshqadami bo‘lib turibdi. "Shabab" va "Shahr Xodro" hisobida hozircha ochko mavjud emas.

OCHL. "V" guruhi, 2-tur
"SHABAB AL-AHLI" - "AL-HILOL" - 1:2 (1:1)
Gollar: Yusuf Jobir (24) — Bafetimbi Gomis (36,72)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:53, 17.02.2020.
O'qildi: 5453 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик