Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Qishda ketishi kerak edi

Qishda ketishi kerak edi

Baho:
+ | -

Stadion.uz qishda jamoasini o‘zgartirishi shart bo‘lsada, hech qayerga ketmagan mashxur futbolchilarga qisqacha to‘xtalib o‘tadi.

 

Darhaqiqat, qishki transfer oynasi chog‘ida bir nechta futbolchilar boshqa jamoaga o‘tish orqali yangi sahifa ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Ayrimlar esa, ketish shart bo‘lishiga qaramay, ishlari ko‘ngildagidek ketmayotgan klublarida qolishga majbur bo‘ldi. Bugun ana shunday futbolchilar haqida suhbatlashamiz.

Ivan Rakitich

Xorvatiyalik futbolchi klub bilan tuzilgan shartnomani 2021-yilga qadar uzaytirganida, hali asosiy tarkibdan tushib qolmagan edi. Afsuski, o‘tgan yilning avgust oyidan boshlab uni maydonda kamroq ko‘rishni boshladik.

Qahramonimiz ushbu mavsumning atigi 3 ta uchrashuvinigina asosiy tarkibda tushdi. Uning birdaniga zahira o‘rindig‘iga o‘tirib qolishining asosiy sababchisi sifatida Frenki De Yong ko‘rsatayotgan ishonchli o‘yin desak, adashmagan bo‘lamiz.

“Barselon” gollandiyalik futbolchini xarid qilish orqali, o‘zining klassik uslubini ortga qaytarishni rejalashtirishgan edi. Ushbu mavsumda Rakitichning o‘rnida shuningdek Vidal, Alenya, Artur maydonda ko‘rinish bera boshlagach, barcha futbolchining qishda boshq jamoaga ketishiga ishona boshladi. Uni “Inter”, “Yuventus” va “Atletiko” bilan muzokara o‘tkazgani haqidagi mish-mishlar tarqaganiga qaramay, yarim himoyachi “Barselona”da qoldi. To‘g‘ri, Ivan Kike Setyen qo‘l ostida nisbatan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda, biroq uning o‘yin darajasi avvalgidek emas. Katta ehtimol bilan, yozda 31 yoshli futbolchini boshqa jamoada ko‘ramiz.

Garet Beyl

Aslida o‘tgan mavsumning boshidayoq uyelslik futbolchini APLning grandalariga o‘tishi borasidagi mish-mishlar urchib ketgan edi. Madridda o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan futbolchining o‘zi ham klubdan ketishga qarshi emasligini bir necha bor ma’lum qilgan bo‘lsada, “Real” uni qo‘yib yubormadi. Keyin Xitoy klubidan haftasiga 1 million yevro maosh ko‘rsatilgan shartnoama taklif qilindi. Bu transfer amalga oshishiga bir qadam qolganida yana Madrid klubi “golfchi”ni jamoada saqlab qoldi. Qizig‘I shundaki, murabbiylar shtabi Beylning hizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilishiga qaramay, rahbariyat uni ketishiga yo‘l qo‘ymadi.

Qishki transfer oynasida ham Beyl barchaning nigohida bo‘ldi. Xatto Britaniyaning taniqli nashrlari uning “Tottenhem”ga o‘tishi borasida rasmiy ma’lumotlar tarqatishgacha borishdi, biroq yakunda Garet yana “Real Madrid”da qoldi. Bir paytlar dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida “qaymoqranglilar” safiga kelib qo‘shilgan futbolchi bu mavsumda 13 ta o‘yindagina ishtirok etdi va ikkita golga mualliflik qildi. Achinarlisi shundaki, 30 yoshli Beyl o‘z faoliyatini tiklab olish imkonini qo‘ldan chiqardi. Endilikda barchasini boshidan boshlash uchun zahira o‘rindig‘ida yozgacha kutishga to‘g‘ri keladi.

Leroy Sane

Germaniyalik vinger uchun o‘tgan mavsum faoliyatidagi eng omadlilardan biri bo‘lgan edi. 16 ta gol va 18 ta assist. Shunchaki, fantastik mavsum. Afsuski, ushbu mavsum startidagi “Liverpul” o‘yinda ortirib olingan jarohat futbolchining rejalarini buzib qo‘ydi.

Tahminan o‘sha uchrashuvdan so‘ng, u “Bavariya”ga 110 million yevro evaziga o‘tishi va yiliga 18 million yevro maosh olishi kerak edi. Barchasini hech qanday kontaksiz ortirilgan jarohat barbord qildi. Mana yarim yildan beri futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘lish bilan band. Sane qishda “Bavariya”ga o‘tmoqchi edi, biroq nemis klubi tiklanishni boshdan kechirayotgan futbolchi uchun 110 million yevro to‘lashni istmadi. Bu tabiiy xol albatta. Shunga qaramay, myunhenliklar yozda Saneni qo‘lga kiritishga harakat qilishadi, biroq endi 110 million yevro evaziga emas.

Oliviye Jiru

Amaldagi JCH g‘olibi kuzning oxirlariga borib jamoaning zahira o‘rindig‘ida ham ko‘rinmay qolganidan xabaringiz bor. Ayni damda Jiru uchun terma jamoa safida Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun o‘yin amaliyoti har qachongidanda muhimroq edi. Boz ustiga, Antonio Kontening o‘zi Jiruni “Inter”ga chorlagan va barchasi “hamirdan qil sug‘urgandek” o‘tishi tahmin qilingan edi. Amalda buning aski bo‘lib chiqdi.

“Chelsi” qishda Jiruni 7 million yevrodan kamiga sotmoqchi emasligini ma’lum qildi. Vaholanki, futbolchi 6 oydan so‘ng, erkin agentga aylanish huquqiga ega bo‘lsa ham. 33 yoshli va tez orada tekinga qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan hujumchi uchun hech kim pul sarlashni istamaganini tushunsa bo‘ladi.

                                 

Edinson Kavani

PSJ Ikardini ijaraga olayotganda, hech kim Kavani 6 oydan so‘ng jamoa uchun keraksiz futbolchiga aylanishini tahmin qilmagan bo‘lsa kerak. Boz ustiga urugvayliik futbolchi olgan jarohat barchasini yanada chigallashtirib yubordi. Kavani asosiy tarkibdan uzoqlashgani sari, Ikardi gollari sonini oshirib bordi. Qarabsizki, Kavani zahiradan, Ikardi asosiy tarkibdan joy olishni boshladi. Ko‘plab nashrlar Kavanining qishda jamoasini o‘zgartirishi borasida ma’lumotlar tarqatgan bo‘lsada, yakunda futbolchi hech qayerga ketgani yo‘q. Aslida Edinson bilan “Atletiko” shartnoma tuzishga juda yaqin kelgan edi, biroq parijliklar “matador”ning transfer summasi borasida uzoq talashib yuborishdi. Qiziqig‘i shundaki, Kavani endi Parijni erkin agent sifatida tark etadi. Uning kelajagi borasida turli tahminlar mavjud, biroq futbolchining o‘zi “matraschilar” safiga borib qo‘shilishni juda istamoqda.

Afsuski, hujumchi qishda o‘z jamoasini o‘zgaritrgani yo‘q. E’tiborlisi shundaki, Edinsonni o‘z safida ko‘rishni istagan jamoalarning barchasida hujumchiga katta ehtiyoj sezilayotgan edi. Endilikda urugvaylik futbolchi yozda borib qo‘shiladigan jamoasida barchasini boshidan boshlashiga to‘gri keladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:46, 18.02.2020.
O'qildi: 4421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.