Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Bugungi “jang”lar oldidan: kim qanday holatda?

Bugungi “jang”lar oldidan: kim qanday holatda?

Baho:
+ | -

 

 Bugun Chempionlar ligasi nimchorak final doirasida dastlabki o‘yinlar start oladi. Tungi soat 01:00 da ana shu vaqtgacha uxlamasdan ko‘rishga arziydigan ikkita o‘yin kutyapti bizni.

“Atletiko” – “Liverpul”: teskari vaziyatlar

“Atletiko” uchun bu mavsum haqiqiy sinov bo‘ldi. Avval Grizmann, keyin esa ma’lum muddatga Diyego Kostadan ayrilgan jamoaning o‘yini u qadar yaxshi emas. Falon pulga sotib olingan Joao Felish esa hamon yo‘lini topa olmayapti. U joriy mavsumda 4 tagina gol urdi, endi asosiy hujumchilaridan biri 4 ta gol urgan klubning umumiy holatini tasavvur qilavering.

“Atletiko”ning oldida La Liganing o‘zida ikkita maqsad bor: birinchisi chempionlik, ikkinchisi kuchli uchlikka kirish. Ilgari Simeone shogirdlari bor e’tiborlarini chempionlikka qaratgan bo‘lsalar, ushbu mavsumda “Atletiko”ning kuchli uchlikka kirishi ham muammodek tuyilmoqda. Chunki jamoaning o‘yini haqida yuqorida aytdik, raqib jamoalar esa yetarlicha qarshilik ko‘rsatyapti.

Bu shuni anglatadiki, ayni damda “Atletiko” bu yoqda mingta ishi turib, yana bir majburiy ishini bajarishga ketayotgan kishi holida hozir. Bu esa jamoaga xalal berishi tayin.

“Liverpul”da vaziyat boshqacha. Jamoa APLda chempionlik masalasini o‘zi kutganidan ancha oldin hal qildi deyarli. “Manchester Siti” bilan oradagi farq anchagina. Bunchalik farq yuzaga kelganida dunyoning istalgan kuchli klubi ham “Liverpul”ni, hozirgi “Liverpul”ni ortda qoldira olmaydi. Biz nazariy jihatdangina “Liverpul”ni chempion deyishga shoshilmayapmiz, amaliy tomonlama esa hammasi hal.

Yurgen Klopp YECHLda yaxshigina imkoniyatlarga ega. Hatto germaniyalik mutaxassis bor kuchini “Atletiko”ni mag‘lub etishga sarflasa ham bo‘ladi. Ayni damda Klopp APLda bir-ikkita o‘yinni qurbon qilsa ham muxlislar ranjishmaydi agar bu YECHLda foyda keltirsa (to‘g‘ri, bu “Arsenal”ning o‘sha afsonaviy rekordini takrorlash orzusini yo‘qqa chiqaradi, ammo ayni damda bu Kloppning maqsadlari ro‘yxatida yuqori o‘rinlarda turmagani aniq). Demakki, bugungi o‘yin oldidan “Liverpul”da bosim yo‘q. Jamoa APLda zo‘r ketyapti, o‘ziga keraksiz deb hisoblagan Kubok musobaqasidan chiqib ketgan, bor e’tibor YECHLga qaratilgan. Demakki, bugun “Liverpul” yengilroq, xotirjamroq o‘ynaydi. Qolaversa, “Vanda Metropolitano” “qizillar”ga begona emas, “Liverpul” ayni shu stadionda 6-ECHL sovrinini qo‘lga kiritgani yodingizda.

 

“Borussiya Dortmund” – “PSJ”: bu yerda ham shunga o‘xshash holat

“Borussiya”ning bugungi holati o‘tgan vaqtlardagiga nisbatan yaxshiroq. Jamoa gol urishni eplaydigan hujumchiga yolchigandek ko‘rinmoqda. Xoland jamoaga juda tez moslashib ketdi.

“Borussiya” tarkib jihatdan ham avvalgi vaqtlardagidan yaxshiroq. Ammo jamoaning holati “Atletiko”niki bilan bir xil. Ayni damda “Borussiya” ehtimol, chempionlik, ehtimol, kuchli uchlikka kirish uchun kurashmoqda. Jamoa uchinchi o‘rinda va ochkolar farqi unchalik katta emas.

Demakki, mezbonlar YECHLda miyalaridagi “Bundesliga” degan o‘ylov bilan harakat qilishadi. Tabiiy, bosim ortadi, xavotir ko‘payadi. Bunday holatlarda hamma narsa bosh murabbiyga bog‘liq bo‘ladi.

O‘xshashlikni qarang. Bugungi o‘yinlar oldidan mehmon jamoalarning holati deyarli bir xil. Ya’ni “PSJ” ham Fransiya chempionligiga juda yaqin turibdi. Jamoa bu borada xavfli, xatarli vaziyatda emas. Ikkinchi o‘rindagi “Marsel” bilan farq 10 ochko va bu “PSJ”ga bor e’tiborni “Borussiya”ga qarshi o‘yinlarga qaratish imkonini beradi.

Tarkib jihatidan shubhasiz, parijliklar raqibdan ustun. Birgina hujum chizig‘ini olaylik: Mbappe, Neymar, Ikardi... Bonusga Kavani. Ayrim jamoalar shu hujumchilardan hech bo‘lmaganda bittasini orzu qilishadi, “PSJ”da esa uchalasi ham bor. Ko‘ramiz, bu fantastik uchlik bu safar foyda berarmikin?

Xulosa o‘rnida nima deymiz? Bugungi o‘yinlarni, albatta, ko‘ring. Balki, bosim va mas’uliyat foyda berib, mezbonlar g‘olib bo‘lishar-a...

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:41, 18.02.2020.
O'qildi: 5119 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.