Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

YECHLda favoritlar qolmadimi?

YECHLda favoritlar qolmadimi?

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasida hammasi aralashib ketdi. O‘ylaymanki, aynan shunday natijalarni hech kim kutmagan.

Mavsumning eng yorqin klubi, amaldagi chempion, yutqazmay kelayotgan "Liverpul" hamma unutib qo‘ygan "Atletiko"ga mag‘lub bo‘ldi.

Har yilgi favorit "PSJ" o‘z yulduzlari bilan Dortmunddan bosh egib qaytdi.

Kecha bu tendensiya davom etdi. "Tottenxem" murabbiylikka Chempionlar ligasining ikki karra g‘olibini olib kelgani bilan turnirda favorit bo‘lib qolmasligi isbotlandi. Mourinyoni 32 yashar vunderkind murabbiy urib qo‘ydi. "Leypsig" nima qilib yuribdi bu bosqichda deganlarga javob.

Va nihoyat "Atalanta". ATALANTA! Bundan katta harflarda yozib bo‘lmas ekan. Bu klub ishonmaganlarni uyaltirdi. Ular qatorida men ham borman, tan olaman. "Valensiya" garchi hozirda grand hisoblanmasa ham "Atalanta" bilan solishtirganda CHLning eski bo‘rilaridan. Ammo Akela ovda adashdi.

Xulosa shuki, bu turnirda favoritlar qolmadi.
"Yuventus" endi "Lion" bilan qo‘l uchida salomlashmaydi.
"Barselona" ham Napoliga sal o‘ylashib boradi.

Postim sarlavhasi faqatgina ushbu hafta yutqazgan favoritlarga tegishli emas. G‘alaba qozonganlar ham o‘zini chorak final o‘yinida “the champiooooons” deb madhiyani mag‘rur kuylab turganini tasavvur qilishga shoshilmasligi kerak. Javob o‘yinida hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ishonmasangiz "Liverpul"dan so‘rang. Ularda shior bor “never give up”. Ya’ni, hech qachon taslim bo‘lma!

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 11:37, 20.02.2020.
O'qildi: 6045 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик